1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə330/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash, metr va detsimetr o`lchov birliklarining hayotimizdagi o`rnini aytish, mavzuni turmushga bo`glab tushuntirish.

2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzular yuzasidan “Matematik diktant” o`tkaziladi.

III.Mustahkamlash:

O`quvchilarga metr, detsimetr haqida bilimlarini mustahkamlash mnaqsadida tasmani olib, uni chizg`ich yordamida o`lchab ko`rsatish mumkin. Metr, detsimetr, santimetr- uzunlik o`lchov birliklari hisoblanib, kundalik hayotda ularni har bir qadamda uchratish mumkinligi haqida o`quvchilarga ta`kidlab o`tiladi. Masalan, sinfdagi stolning, stulning balandligini o`lchab ko`rsatish mumkin. Bu tasma 10 sm yoki 1 dm ga teng deb ataladi.

10 sm= 10dm, 100 sm= 1 m 1 m= 10 dm

Metr-m , detsimetr- dm bilan belgilanishi tushuntiriladi.

So`ng darslikdagi misol va masallar bajartiriladi.

1-misol og`zaki va yozma bajariladi.


  1. 30,40,50,60,70,80,90,100

  2. 89,78,69,59,49,39,29,19,9

  3. 91,92,93,94,95,96,97,98,99,100

2-misol daftarda va doskada bajariladi. O`quvchilar “Znjir’ usulida doskada bajaradilar.

30+3=33 40+5=45 69-9=60 87-7=80 70+3=73 70+8=78 48-8=40 54-4=50

4-masalada rasm asosida masala tuziladi qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Bor edi ? ta

Yeyishdi- 10 ta

Qoldi- 5 ta

Yechish: 10+5=15 ta

Javob; 15 ta behi bo`lgan

4-misol bajariladi.

29>20 40>24 50=50 27>25

4-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Qora qalam-28 ta

Qizil qalam-10 ta

Hammasi-? Ta

Yechish:

28+10=38 ta

Javob: Hamma qalamlar 38 ta

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 114-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

106-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin