1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash,o`nliklar ustida amallar bajarish haqida tushuncha berish. 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun kollaj metodidan foydalaniladi. Kollaj uchun doskaga gulzor rasmi tushirilgan plakat ilinadi. Gulzorda esa gullar, gulbarglar va kapalaklar o`rni bo`sh. O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi , har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi. 1-guruh:
Har bir gulga topshiriqlar beriladi. 20 dan 30 gacha 30 dan 40 gacha 40 dan 50 gacha 50 dan 60 gacha bo`lgan sonlarni yozing. 2-guruh uchun har bir gul barglariga topshiriqlar yozilgan bo`ladi. 60 dan 70 gacha 70 dan 80 gacha 80 dan 90 gacha bo`lgan sonlarni yozing Qatorni davom ettiring: 10,20,30,......,100 3-guruhga kapalaklarga topshiriqlar yozilgan bo`ladi. 40 ga qoshni sonlarni yozing 90,100 dan avval keladigan sonlarni yozing 20,30,40 dan keyin keladigan sonlarni yozing Guruhlar topshiriqlarni bajarib bo`lgach taqdimotlar qilinadi. Topshiriqni to`g`ri bajargan guruh gul, gulbarg va kapalaklarni o`z o`rniga qo`yadilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Sanoq cho`plar yordamida 10 tabirlik son bitta o`nlikni hosil qilishi haqida tushuncha beriladi.So`ng o`quvchilarga o`nlikllar sanoq cho`p;lar yordamida hosil qilinadi. 10- 1 ta o`nlik, 20- ikkita o`nlik, 30- uchta o`nlik , 40- to`rtta o`nlik, 50-beshta o`nlik, 60-oltita o`nlik, 70- yettita o`nlik, 80- sakkizta o`nlik, 90- to`qqizta o`nlik. O`nliklarni onliklrga qo`shgish ham ayirish ham mumkinligi tushuntiriladi. 10+10=20 1 o`nlik + 1 o`nlik= 2 ta o`nlik IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi. 1-misol. 20+20=40 2 o`nlik + 2 o`nlik =4 o`nlik 50-10=40 5 o`nlik – 1 o`nlik = 4 o`nlik 2-misol. . 9 ta o`nlikdan iborat sonni yozing- 90 4 ta o`nlikdan iborat sonni yozing- 40 V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 115-betidagi mavzularni takrorlash va o`nlilarga oid 5 tadan misol ishlab kelish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 118-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |