1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə354/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini, qavslar haqidagi bilimlarini mustahkamalsh.

2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun”Matematik estafeta” o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan A4 formatdagi qg`ozga misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu misollarni tez va to`g`ri yechib bo`lishlari lozim..

III.Mustahkamlash:

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi

1-misol estafeta shaklida o`tkaziladi. O`quvchilar mustaqil ravishda daftarda bajaradilar.

30+5= 46+4= 35+10= 40+6= 45-5

2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.Shu o`qrinda o`quvchilarga mehnatsevarlik tushunchasi singdiriladi.

1-hunarmand- 10 ta

2-hunarmand-? , 4 ta ortiq

Yechish: 10+4=14 (ta)

Javob: 2-hunarmand -14 ta beshik yasagan.

3-misol. “Tez hisoblang” mashqi o`tkaziladi.

60+2=62 60+10=70 60+7=67 60+5-65 80+10=90 80+5=85 80+8=88 80+2=82

4-misol doskada va daftarda bajariladi.

7+3+2=(7+3)+2=12 40+30+9=(40+30)+9=79 30+10+7=(30+10)+7=47

5-misolda berilgan shakllar taqqoslanadi.



. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

So`ng sonlarni tarkibini to`ldirish mashqi bajartiriladi.Topshiriqda 60 sonining tarkibi to`ldiriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 122-betidagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

125-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin