1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, qavslar haqida bilim berish 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun”Matematik estafeta” o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan A4 formatdagi qg`ozga misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu misollarni tez va to`g`ri yechib bo`lishlari lozim.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar e`tibori “Qavslar” mavzusiga qaratiladi. Ekranda mavzu tushuntiriladi.Ekrandagi amallarni bajarishda qavslarga e`tibor berilishi lozimligi, ularni qanday tartibda bajarish kerakligi tushuntiriladi. Agar songa yig`indi yoki ayirmani qo`shish kerak bo`lsa, ular qavs ichida yoziladi. Qavs ichida berilgan ifoda birinchi bajariladi. Ikkita qo`shni qo`shiluvchini yig`indi bilan almashtirish mumkin. 6+4+7=(6+4)+7=10+7=17 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi. 9-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Shu o`rinda o`quvhcilar qalbida kitobga bo`lgan mehr oshiriladi. 1-qatorda- 27 ta 2-qatorda-?, 3 ta ortiq Yechish: 27+3=30(ta) Javob: 2-qatorda 30 ta kitob bor. 10-misol doskada tushuntirish bilan yechiladi va daftarga yozdiriladi. 6+4+7=(6+4)+7=17 9+1+5=(9+1)+5=15 50+20+9=(50+20)+9=79 11-masalada berilgan jadval asodida og`zaki masala tuziladi va yechimi topiladi. Bor edi- 70 kg Ishlatildi- 20 kg Qoldi-? Kg Yechish: 70-20=50 (kg) Javob: Qoldi- 50 kg piyoz. 12-misol og`zaki bajariladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 121-betidagi 14-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 124-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |