1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, qavslar haqida bilim berish 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun”Matematik estafeta” o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan A4 formatdagi qg`ozga misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu misollarni tez va to`g`ri yechib bo`lishlari lozim.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar e`tibori “Qavslar” mavzusiga qaratiladi. Ekranda mavzu tushuntiriladi.Ekrandagi amallarni bajarishda qavslarga e`tibor berilishi lozimligi, ularni qanday tartibda bajarish kerakligi tushuntiriladi. Agar songa yig`indi yoki ayirmani qo`shish kerak bo`lsa, ular qavs ichida yoziladi. Qavs ichida berilgan ifoda birinchi bajariladi. 10+(5+3); 10+(5-3). Qavsli ifodalarda avval qavslar ichiga yozilgan sonlar ustida amallar bajariladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi. 4-misol tushuntirish bilan doskada va daftarda bajartiriladi. (8+2)-6=4 (7+3)-4=6 6+(6+4)=16 3+(9-2)=10 (30+40)-10=60 (20+50)-30=40 5-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Ekildi- 50 tup Ochildi- 20 tup Qoldi-? Tup Yechish: 50-20=30 (tup) Javob: Yana 30 ta gul ochilishi kerak. 6-misol og`zaki bajariladi. 37=30+7 96=90+6 78=70+8 53=50+3 22=20+2 85=80+5 66=60+6 44=40+4 29=20+9 7-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Terak-13 m Sada-?, 3 m kam Yechish: 13-3=10 (m) Javob: Sadaning balandligi 10 m V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 120-betidagi 8-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 123-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |