1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə345/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, qavslar haqida bilim berish

2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun”Matematik estafeta” o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan A4 formatdagi qg`ozga misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu misollarni tez va to`g`ri yechib bo`lishlari lozim..

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilar e`tibori “Qavslar” mavzusiga qaratiladi. Ekranda mavzu tushuntiriladi.Ekrandagi amallarni bajarishda qavslarga e`tibor berilishi lozimligi, ularni qanday tartibda bajarish kerakligi tushuntiriladi.

10+8=18

10+(5*3)=

15+3=(10+5)+3=10+(5+3)=10+8=18

15-3=(10+5)-3=10+(5-3)=10+2=12

Agar songa yig`indi yoki ayirmani qo`shish kerak bo`lsa, ular qavs ichida yoziladi. Qavs ichida berilgan ifoda birinchi bajariladi.

10+(5+3); 10+(5-3).

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi.

2-misol tushuntirish bilan doskada va daftarda bajartiriladi.



  1. 9 soniga 7 va 3 sonlarining yig`indisini qo`shing.

9+(7+3)=9+10=19

  1. 6 bilan 4 ning yi`g`indisidan 5 sonini ayiring;

(6+4)-5=10-5=5

Yangi mavzuni mustahkamlsh uchun o`quvchilarga ekran orqali yoki A3 formatagi qo`g`ozda misollar va ularning javoblari beriladi. Barcha o`quvchilar ushbu misollarni javoblari bilan moslashtirishi lozim.

So`ng sonlarni tarkibini to`ldirish mashqi bajartiriladi.Topshiriqda 40 sonining tarkibi to`ldiriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 119-betidagi 3-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

122-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin