1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə342/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash.

2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Tipratika” trenajyoribajariladi. Bu trenajyor mashqni bajarishda o`quvchilarda tezkorlik va hozirjavoblik sifatlari rivojlanadi..

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`qituvchi darslikning 118-betidagi 1-misolni o`quvchilarga tushuntiradi. Bu misol jadval ko`rinishida bo`lib, o`quvchilar uni og`zaki bajaradilar. Jadvaldakamayuvchi , ayriluvchi berilgan bo`lib , ayirmani topish kerakligi o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Bu misolni yechishda jadval tushirilgan plakatdan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Jadvalni to`ldirishda o`qituvchiyordam beradi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi.

2- masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Shu o`rinda o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatib boriladi.

Bor edi – 48 m

Qirqib olindi- 30 m

Qoldi-? M

Yechish: 48-30=18 m

Javob: O`ramda 18 m gazlama qoldi.

3-misol og`zaki bajariladi.

Har bir shaklning nomi aytiladi, farqi taqqoslanadi.

4-masala. Berilgan rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarga tdbirkorlik haqida ma`lumot beriladi.

Uzum- 20 kg

Anor-? Kg

Hammasi- 50 kg.

Yechish: 50-20=30 kg

Javob: Anor- 30 kg yi`g`ilgan

5-misol bajartiriladi.

29 < 92 71> 17 38=38 56<65

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 118-betidagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

121-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin