1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirishni mustahkamlash, ikki amalli masallarni ishlashni o`rgatish. 2) O`quvchilarni o`quv qurollarini asrab avaylashga, maktab jihozlarini yaxshi saqlashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. 0 bilan tugaydigan ikki xonalai sonlar mavzusini mustahkamlash uchun sonlar o`ntalab sanatiladi. Shu orqali tushirib qoldirilgan raqamlarni qatordagi o`rniga qo`yadi va 10 dan 1000 gacha oraliqda 10 talab to`g`ri va teskari sanaladi: 10,20,30,40,50,60,70,80,90; 90,80,70,60,50,40,30,20,10 “Sonlarni tarkibini to`ldiring” trenajyori o`quvchilar bilan bajariladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Mavzuni tusuntirishda sanoq cho`plardan, abakdan foydalaniladi. Mavzu 1-misol asosida tushuntiriladi. 100-8=92 10+90=100 10-8=2 60+2=92 100-8=92 100 sonidan 8 ni ayirish kerak. 100- bu 10 ta o`nlik. Bitta o`nlikni olamiz. Bitta o`nlikdan 8 ta birlikni ayirsak, 2 ta birlik qoladi. 9 ta o`nlik va 2 ta birlik 92 hosil bo`ladi. IV. Mustahlkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar doskada va daftarda ishlanadi. 2-misol doskada o`quvchilar tomonidan tushuntirish orqali bajariladi. 100-4=(90+10)-4=90+(10-4)=90+6=96 100-7=(90+10)-7=90+(10-7)=90+3=93 100-2=(90+10)-2=90+(10-2)=90+8=98 100-5=(90+10)-5=90+(10-5)=90+5=95 3-masalaning sharti o`qiladi, amzmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Bor edi- 100 ta Sotildi- 9 ta Qoldi-? Ta Yechish: 100-9=(90+10)-9=90+(10-9)=90+1=91(ta) Javob: Do`konda 91 ta qandil qoldi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 141-betidagi 4-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.
146-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |