1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, 100 sonini hosil qilish yo`llarini o`rgatish. 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Mustahkamlash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun”Matematik estafeta” o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan A4 formatdagi qog`ozga misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu misollarni tez va to`g`ri yechib bo`lishlari lozim.. Misoldagi qavslarning mohiyati yuzasidan takrorlash o`tkaziladi. III.Mustahlamlash: Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 7-misol og`zaki bajariladi. 91,92,93,94,95,96,97,98,99,100 8-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Shu o`rinda o`quvhcilar qalbida mehnatsevarlik fazilatlari shakllantiriladi. 1 to`pda -60m 2-to`pda-?, 42 m kam Hammasi- ? m Yechish: 60-42=18 (m) 60+18=78 (m) Javob: ikkala to`pda 78 m gazlama bor.. 9-misol jadval asosida bajartiriladi, doskada va daftarda ishlanadi. 70+30=100 40+60=100 94+6=100 54+46=100 60+40=100 30+70=100 10-misol ifoda tuzilib ishlanadi. (24+6)+5=30+5=35 (30+7)-4=37-4=33 (50+9)+1=59+1=60 11-masalada berilgan qisqa shart asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Bor edi- 76 kg Tuzlandi-34 kg Qoldi-? Kg Yechish: 76-34=42 (kg) Javob: 42 kg pomidor qolgan V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 140-betidagi 12-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 145-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |