1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə381/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirishni mustahkamlash, 100 dan ikki xonlai sonni ayirishni o`rgatish

2) O`quvchilarni o`quv qurollarini asrab avaylashga, maktab jihozlarini yaxshi saqlashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

0 bilan tugaydigan ikki xonalai sonlar mavzusini mustahkamlash uchun sonlar o`ntalab sanatiladi. Shu orqali tushirib qoldirilgan raqamlarni qatordagi o`rniga qo`yadi va 10 dan 1000 gacha oraliqda 10 talab to`g`ri va teskari sanaladi: 10,20,30,40,50,60,70,80,90; 90,80,70,60,50,40,30,20,10

“Sonlarni tarkibini to`ldiring” trenajyori o`quvchilar bilan bajariladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

Mavzuni tusuntirishda sanoq cho`plardan, abakdan foydalaniladi.

Mavzu 1-misol asosida tushuntiriladi.

100-72=28

10+90=100

10-8=2

90-70=20


20+8=28

100 sonidan 72 sonini ayirish kerak. 100- bu 10 ta o`nlik. Bitta o`nlikni olamiz. Bitta o`nlikdan 2 ta birlikni ayirsak, 8 ta birlik qoladi. Bizda +9 ta o`nlik bo`lib, undan 7 ta o`nlikni ayiramiz. 2 ta o`nlik va 8 ta birlik qoladi, ularni qo`shami, natijada 28 hosil bo`ladi.9 ta o`nlik va 2 ta birlik 92 hosil bo`ladi.

IV. Mustahlkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar doskada va daftarda ishlanadi.

2-misol doskada o`quvchilar tomonidan tushuntirish orqali bajariladi.

100-36=(90+10)-36=(90-30)+(10-6)=60+4=64

100-42=58 100-57=43 100-24=76 100-62=38 100-56=44

3-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Keltirildi - 100 ta

Sotildi- 82 ta

Qoldi-? ta

Yechish: 100-82=(90+10)-(80+2)=(90-80)+(10-2)=10+8=18(ta)

Javob:Soyiladigan 18 ta non qolgan.

100 sonidan 1 xonali sonni ayirishga doir “Matematik estafeta” o`tkaziladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 142-betidagi 4-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

147-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin