1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini, 100 dan bir va ikki xonali sonni ayirish haqidagi bilimlarini tekshirish 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish.. Dars turi: Nazorat darsi Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. III.Nazorat ishini o`tkazish O`quvchilarga nazorat ishi haqida , uning o`tkazilish qoidalari haqida tushunchalar beriladi. O`quvchilarning bilimlarini nazorat qilish natijasida nazorat ishlari o`tkazishlari aytib o`tiladi.So`ng doskada yoki ekranda nazorat ishi savollari beriladi, o`quvchilarga ularni bajarish yo`llari tushuntiriladi. 8-nazorat ishi I variant.
O`quvchilar maktanb bog`ida 65 tup daraxtning tagini yumshatishlari kerak edi. Ular tushgacha 40 tup, tushdan so`ng 20 tup daraxtning tagini yumshatishdi. Ular yana necha tup daraxtning tagini yumshatishlari kerak? Ifodalarning qiymatini hisoblang: (40+10)+6= (27+3)-5= Nuqtalar orniga “+”, “-“ belgilaridan birini qo`ying” 50….20=70 II variant. Maktab bog`iga o`tqazish uchun 30 tup olma ko`chati olib kelindi, nokli ko`chat esa undan 5 tup ortiq. Maktab bog`iga hammasi bo`lib necha tup mevali ko`chat keltirilgan? Ifodalarning qiymatini toping: (50+10)+4= (43+7)-10 Nuqtalar orniga “+”, “-“ belgilaridan birini qo`ying” 60….30=90 IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa o`tilgan mavzular yuzasidan takrorlah..Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 151-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |