1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə390/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, uchinchi qo`shiluvchini topishga doir misol va masallarni ishlashni o`rgatish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

0 bilan tugaydigan ikki xonalai sonlar mavzusini mustahkamlash uchun sonlar o`ntalab sanatiladi. Shu orqali tushirib qoldirilgan raqamlarni qatordagi o`rniga qo`yadi va 10 dan 1000 gacha oraliqda 10 talab to`g`ri va teskari sanaladi: 10,20,30,40,50,60,70,80,90; 90,80,70,60,50,40,30,20,10

“Arifmetik yugurish’ mashqi o`tkaziladi.Bunda o`quvchilarga 100 ishida sonlar yozilgan taratmalar beriladi. Doskga bir o`quvchi chiqb shu sonlardan zohlaganini aytishi kerak bo`ladi. Shunda o`tirgan o`quvchi tezda doskaga chiqadi va xona birliklari bilan tnishtiriladi..

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

Mavzuni tusuntirishda sanoq cho`plardan, abakdan foydalaniladi.

Mavzu masala asosida yana bir bor tushuntiriladi.

Bog`bonlar 3 ta savatga jami 30 kg olma terdilar. 1-.savatda 12 kg olma, 2-savatda 10 kg olma, 3-savatda necha kg olma bor?

O`quvchilarga masalka sharti tushuntiriladi, avval 1- va 2-savatdagi olmalar miqdori necha kg ni tashkil etishi aniqlanadi. Song hosil bo`lgan sonni umumiy miqdordan ayirib tashlasak, 3-savatdagi olmalar miqdori hosil bo`ladi.

30-(12+10)=30-22=8 (kg)

Demak 3-savatda 8 kg oilma bor

IV. Mustahlkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar doskada va daftarda ishlanadi.

6-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.parrandalarga g`amho`rlik qilish tushuntiriladi.

T ovuqlar uchun-28 kg

G`ozlar uchun- ?, 11 kg kam ? kg

Yechish: 28+(28-11)=28+17=45(kg)

Javob:Tovuq va g`ozlar uchun 45 kg don sarflanadi.

7-misol doskda va daftarda bajariladi

46+4 74+26 60-42

42+25 58-55 64+30

60-4 50+36 32+28

58-27 47+2 25-15

8-misol mustaqil topshiriq vazifasida beriladi.

(60+20)+7=87 (7+3)+30=40

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 145 betdagi 9-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

154-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin