1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 100 ichida sonlarni qo`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar. III.Mustahkamlash : O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. 1-misol og`zki bajariladi. 45+20=65 71+29=100 53+36=89 65+25=90 60+32=92 60+24=84 20+45=65 2-misol doskada va daftarda bejariladi. 90+8=98 19+40=59 40+14=54 69-9=60 58-30=28 74-4=70 3-masalada rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Gulzorda 100 tup atirgul ochildi. Gulnora undan 3 tasini uzib guldasta yasadi. Gulzorda nechta atirgul qoldi Yechish: 100-3=97 (ta) Javob: Gulzorda 97 ta atirgul qolgan 4-misol birgalikda bajariladi. 1-son 24, 2-son- 31, 3-son-? Yig`indi- 69 ga teng Yechish: 69- (24+31)=69-55=14 Javob: 3-son- 14 O `quvchilarga 5-masalaning sharti o`qitiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.Shu o`rinda o`quvchilarda bir-birini hurmat qilish haqidagi fazilatlari riviojlantiriladi. Boshlang`ich sinfga- 20 ta Yuqori sinfga- ? ta 48 ta Yechish: 48-20=28 ta Javob: Yuqori sinflar uchun 28 ta sport kiyimi olingan V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 155- betdagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
162-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |