1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 100 ichida sonlarni qo`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar. III.Mustahkamlash : O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. 16-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 75 sm -25 sm=50 sm 64 sm -34 sm =30 sm 30 sm +44 sm= 74 sm 20 sm + 55 sm= 75 sm 17-masalada jadval bo`yicha masala tuziladi va yechimi topiladi. Bor edi – 20 kg Ishlatildi – 10 kg va 5 kg Qoldi -? Kg Yechish: 20- (10+5)=5 kg Javob: Savatda 5 kg olcha qolgan 18-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Yumshatishlari kerak- 56 tup Yumshatildi- 30 tup va 20 tup Qoldi- ? ta Yechish: 56- (30+20)=6 tup Jvob: Yana 6 ta daraxtning tagini yumshatishlari kerak. 19-mmisol og`zaki bajariladi. 48-40=8 64-60=4 84-4=80 57-7=50 30+20=50 10+40=50 27-20=7 72+10=82 20-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. O lxo`eri -45 quti Olma- ?, 10 quti kam ? quti Yechish: 45+ (45-10)=80 quti Javonb: Do`konga 80 quti meva keltirilgan. 21-masala og`zaki 22-masala ham og`zaki bajariladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa yozgi ta`til vaqtida 100 ichida qo`shish va ayirishga doir misollar, bir va ikki amalli masalalar ishlashni mashq qilish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 161-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |