1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə96/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 8 soni bilan tanishtirish, uning o`rni, yozilishi va o`qilishi haqida bilim berish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga chaqirish, hayvonlarga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

7 sonining hosil bo`lishi , qatordagi o`rni, qo`shni sonlar haqida suhbat o`tkaziladi. So`ng “Jonli sonlar” o`yini o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga 1 dan 7 gacha bo`lgan sonlarni beradi. O`qituvchi “Sonlar tartibi bilan saflaning!” deganda, o`quvchilar tartib bilan saflanadilar. Safga tartib bilan 1 dan 7 gacha sanaydilar, keyin aksincha , 7 dan 1 gacha sanaydilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda o`qituvchi 8 sonini hosil qilishni o`quvchilarga tushuntiradi.

Sanamay demang 8,

Ikkita 4 ni qo`shsangiz,

Hozir bo`laman shu on,

Yaxshi bilgin , ukajon.

So`ng 1-misol yordamida 8 soni hosil qilinadi.

6+2=8 5+3=8 4+4=8 7+1=8

2-masala rasm asodida tushuntiriladi va yechiladi.

4+4=8


So`ng ekranda o`quvhilar bilan Paint dasturida soyabonda berilgan misollar ishlanadi va soyabon bo`yaladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 34-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 3-misolni o`quvchilar “Zanjir” metodi orqali ishlaydilar .

7+1=8 8-1=7 5+3=8 8-3=5 4+4=8 8-4=4

4-misolda berilgan hosillardagi misollar ishlanadi va har bir hosilning bargi qaysi ekanligi aniqlanadi.

7+1=8 5+2=7 8-3=5

So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

33-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin