1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə102/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 9 soni bilan tanishtirish, uning o`rni, yozilishi va o`qilishi haqida bilim berish, 9 soni ichida qo`shish va ayirishni o`rgatib borish.

2) O`quvchilarga dar orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik bilan bajarishga rioya qilish zarurligini uqtirish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

8 sonining hosil bo`lishi , qatordagi o`rni, qo`shni sonlar haqida suhbat o`tkaziladi. So`ng “Jonli sonlar” o`yini o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga 1 dan 8 gacha bo`lgan sonlarni beradi. O`qituvchi “Sonlar tartibi bilan saflaning!” deganda, o`quvchilar tartib bilan saflanadilar. Safga tartib bilan 1 dan 8 gacha sanaydilar, keyin aksincha , 8 dan 1 gacha sanaydilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda o`qituvchi 9 sonini hosil qilishni o`quvchilarga tushuntiradi.

Mehmonga keldi to`qqiz,

Go`yo akrobatchi deysiz.

Boshi bilan tursa gar,

Oltiga aylanib qolar.

So`ng 1-misol yordamida 8 soni hosil qilinadi.

7+2=9 6+3=9 5+4=98+1=9

2-masala rasm asodida tushuntiriladi va yechiladi.O`quvchilarga futbol sport tuei haqida qisqacha ma`lumot berib o`tiladi. 6+3=9 3+6=9

9 soning o`rni , unga qo`shni bo`lgan sonlar haqida ma`lumot beriladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan “Tipratikanga yordam ber!’ didaktik o`yini orqali mustahkamlanadi. Unda 8 soni ichida qo`shish va ayirishga oid misollar berilgan. Misollarning yechimlari olmalar bilan bekitilgan, olmalar ustiga sichqonch aolib borib bosilsa tipratikan olmalarni terib oladi. 3+5=8 5+3=8 3+4=7 7-2=5 1+7=8 7-1=6 8-5=3 8-4=4 8-7=1

9 sonini hosil qilish ekranda multfilm orqali namoyish qilinadi.

So`ng darslikdagi 3-misol bajariladi va daftarlariga yozdiriladi.

7+2=9 9-2=7 6+3=9 9-3=6 4+5=9 9-4=5

4-misolda 9 sonini hosil qilish uchun berilgan sonlarga kerakli sonlarni qo`shish topiladi va yoziladi.1+8=9 2+7=9 3+6=9 4+5=9 5+4=9 6+3=9 7+2=9 8+1=9

5-misoldagi boshqotirma o`quvchilar bilan bajariladi. Bo`sh kataklarga bir shakllarning miqdorini sanab yozilsa misol to`gri ishlangan bo`ladi. 5+4=9 5+3=8 4+3=7 4+2=6 2+3=5

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

35-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin