1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 soni bilan tanishtirish, uning o`rni, yozilishi va o`qilishi haqida bilim berish. 2) O`quvchilargabilimga intiluvchanlikka, rostgo`y bo`lishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. So`ng o`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Sehrgarlar qasriga ” sayohat qilinadi.Bilmasvoy sehrgarlar qasriga yetib orgunicha misollarni yechishi kerak . O`quvhilar Bilmasvoyda yordam beradilar. __+4=5 __-3=7 ___-2=6 __-1=6 __+6=9 ___-7=2 __+3=8 __+4=7 O`quvchilardan misolni tez va aniq ishlashlari talab qilinadi. So`ng Bilmasvoydan qasrga yetib borish uchun nima qilish kerakligi so`ralganda, Bilmasvoy matematika fanini yaxshi o`rganishi kerakligini aytadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda olma darsxti namoyish etiladi. O`quvchilar olma daraxtidagi olmalarni sanaydilar. So`ng tugmacha bosiladi, daraxtdagi olmalarning hammasi tushib ketadi. O`quvchilardan daraxtda nechta olma qolganligi so`raladi.O`quvchilar daraxtda olmalar qolmaganligini aytishadi. So`ng sonlar qatori ko`rsatiladui va ularning qoshni sonlari aniqlanadi.Sonlarning qatordagi o`rni so`raladi. Diqqat mening nolim bor, 10-u, 100-u, 1000, 1000 000, O`quvchi, sen ogoh bo`l! Qo`shaversang bo`lar son. Yolg`iz tursam yo`qman men, Yozilishim qiyinmas. Oldinga tursa akam, Dum-dumaloq chizsang bas! Zo`r bo`laman chinakam! Ekranda 0 soni ko`rsatiladi va tanishtiriladi. Darslikdagi 1-misol ekran orqali namoyish qilinadi va 0 hosil qilinadi. Shoxdagi olchalar sanaladi (3 ta) ular birin-ketin uziladi va osirida nechta qolgani so`raladi. Shoxchada olchalar qoldimi? Yo`q, qolmadi. Demak, buning o`rniga 0 ni yozamiz. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar darslikdagi misol va masallar ishlanadi. 2-masala namoyish etish orqali tushuntiriladi. Qalamdonda nechta qalam bor edi. –(5 ta) Qalamlar birin ketin o`quvchilarga tarqatiladi va har gal qolgan qalamlar sanaladi ( 4 ta, 3ta, 2 ta, 1ta) So`ng oxirgi qalam berilgandan so`ng qalmadonda nechta qalam borligi so`raladi. O`quvchilar qolmaganligini aytishadi. Demak buning o`rniga 0 soni yoziladi. 3-misol daftarda ishlanadi. 2-2=0 6-6=0 7-7=0 4-masala ham tushuntirish orqali o`quvchilar bilan ishlanadi. 3-3=0 5-5=0 5-masalada berilgan geometrik shakllar bilan ishlar olib boriladi.Bu shakllarning nomlari eslatib o`tiladi.So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 37-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |