1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, oralatib sanashni o`rgatish. 2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. “Matematik diktant ” yozdiriladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ko`rsatiladi. So`ng o`quvchilarga bittadan sonni tashlab keyiingi sonni aytib, oralatib sanatiladi. 1,3,5,7,9. Darslining 45 sahifasida berilgan 1-misol yordamida o`quvchilar jismoniy tarbiya darslarida ikki guruhga bo`linishlari uchun oralatib sanash har doim yaxshi samara berilishi tushuntiriladi va ko`rsatiladi.Futbol sport turi haqida qisqacha ma`lumot beriladi. Shu o`rinda sport bilan shugu`llanish va sportning inson salomatligi uchun foydasi juda ham ko`p ekanligi tushuntiriladi, o`quvchilar bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun sport to`garaklariga qatnashishlari ta`kidlanadi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 45-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-misolda berilgan sabzavotlar, ular yetishtirilishi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar haqida aytib o`tiladi. O`quvchilar shu rasm asosida avval ikkitalab, son`g oralatib sanashni mashq qiladilar. 3-misol doskada va daftarda ishlanadi. 8-3=5 2+3=5 5+4=9 7-2=5 9-7=2 2+1=3 2+4=6 9-6=3 4-misolda berilgan sonlar asosida o`quvchilar ikkitalab, oralatib sanashni on`g va teskari sanashni amalga oshiradilar. 1,3,5,7,9. 9,7,5,3,1 2,4,6,8,10 10,8,6,4,2 So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 44-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |