1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə15/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga chap, o`ng tomonlarni, past va yuqori kabi tushunchalarni o`rgatish.

2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish.

3) O‘quvchilarning o`ng, chap, yuqori va past kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlsh.

Bu jarayon vaqtida o`quvchilarga kichik qog`ozchalar tarqatiladi. Qog`ozchalar ichiga turli xil masofa va kenglikdagi nuqtalar beriladi. O`quvchilar o`z tasavvurlariga qarab bu nuqtalarni tekis va tartib bilan biriktiradilar va turli xil rasmlar hosil qiladilar. O`quvchilar ishlari tekshiriladi va rag`batlantiriladi.


. . . ..

. . . . .

. . . .


. . . ..

. . . . .

. . . .







III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . Avval o`qituvchi o`quvchilardan qaysi o`ng qo`l, qaysi chap qo`l ekanligi so`raladi. O`quvchilar o`ng va chap qo`llarini ko`taradilar.

Har bir o`quvchidan yonidagi do`stlari so`raladi. O`quvchilar o`ng tomonida kim, chap tomonida kim o`tirganini aytadilar.

O`quvchilardan rangli qalamlarini olib o`ng qo`llariga qizil, chap qo`llariga yashil rangli qalamlarini olishlarini aytadilar. O`quvchilar topshiriqlarni bajaradilar. Adashgan o`quvchilarga yana bir bor o`yin qoidasi tushuntirib beriladi.

So`ng yuiqorida nimalarni ko`rayotganliklari so`raladi. O`quvchilar yuqoriga qaraydilar va lampani, shiftni ko`rsatadilar. Yuqorida turgan gullarni ko`rsatadilar.

Pastda nima turganligini so`raymiz. O`quvchilar pastda polni, stol va stullarning oyoqlarini ko`rayotganliklarini aytishadi.

So`ng o`qituvchi suvlar doimo yuqoridan pastga qarab oqishi, samolyotlar pastdan yuqoriga ko`tarilishi haqida tushuntiriladi.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.



Ikki bizga do`st emas,

Uchni yomon ko`ramiz.

To`rt bo`lsa ham mayliga,

Beshdir bizning do`stimiz!

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 7-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi.

Temur, Malik, Samad birgalikda sirpanchiq uchishmoqda. Malik va Samad yuqoridan pastga sirpanmoqda. Temur esa sirpanish uchun pastdan yuqoriga chiqmoqda.

Muattar va Bekzod sinfdosh. Ular darsdan so`ng uylari yonidagi arg`imchoqda maza qilib uchishadi. Bekzod Muattarning o`ng tomonidagi arg`imchoqda, Muattar es aBekzodninf chap tarafidagi arg`imchoqda uchishmoqda.

Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________


6-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin