1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə173/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 9 ga sonni qoshish va 9 dan sonni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. O`quvchilarga matematik diktant yozdiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi.

So`ng ko`rgazmalar orqali yangi mavzu tushuntiriladi.

Hayvonot bog`ida 9 ta tulki bor edi. Yana 1 ta tulki olib kelishdi. Hayvonot bo`g`ida nechta tulki bo`ldi? 9+1=10

Hayvonot bog`ida 9 ta tulki bor edi. Ulardan 2 tasini sirk tomoshalari uchun olib ketishdi. Hayvonot bog`ida nechta tulki qolgan? 9-2=7

Mavzuni turli xil geometrik shakllar orqali ham tushuntirish mumkin.

9+1=10 1+9=10

Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 60-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-misol mustaqil bajartiriladi.



9+1=10 9-7=29-6=3

10-1=9 9=7+2 9=6+3

10-9=1 9=2+7 9=3+6

3-misol k`orgazmalar yordamida tushuntiriladi.

Komila 8 ta qizil sabzi va 1 ta sariq sabzini yuvdi. Komila jami nechta sabzi yuvgan? 8+1=9 9-1=8

4-misol doskada va daftarda bajartiriladi.

8+2=10 9-2=7 9-1=8 7+2=9 6+3=9 9-6=3 9-7=2 1+8=9

5-masala.

Bu masalada ko`rgazmalar yordamida masala tuziladi va yechiladi.Dasturxonga 9 ta qizil va 1 ta yashil olma qo`yildi. Dasturxonga jami nechta olma qo`yilgan?

9+1=10 10-1=9 10-9=1

5-misol musobaqa tarzida o`tkaziladi.

6-misol.


9-4=5 8+1=9 9-9=0 9-5=4 9-3=6 9-8=1

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

59-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin