1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 8 ga sonni qoshish va 8 dan sonni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash. 2) O`quvchilarni bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish, matematika faniga bo`lgan qiziqishini tarbiyalash. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 10 ichida sonlarni oq`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-2-misol orqali mavzu tushuntiriladi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. Turli xil ko`rgazmalar asosida o`quvchilarga mavzu tushuntiriladi. O`quvchilar 8 ta doirani sariq rangga va 1 ta doirani qizil rangga bo`yadilar. O`quvchilar jami nechta doirani bo`yadilar? 8+1=9 O`qituvchi mehnat darsida o`quvchilar bilan kvadrat shaklini kesishdi. O`quvchilar birgalikda 8 ta qizil kvadrat va 2 ta yashil kavadrat kesishdi. Kavadratlar nechta? 8+2=10 Nazirada 8 ta daftar bor edi. Undan 1 tasini olib Komilaga berdi. Naziraga nechta daftar qoldi? 8-1=7 Suvda 8 ta o`rdak suzib yurgan edi. Ulardan 2 tasi qirg`oqqa chiqdi; Suvda nechta o`rdak qoldi? 8-2=6 IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi misollar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 59-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 3-misol og`zaki bajartiriladi.
8=7+1 8=6+2 8=5+3 8-7=1 8-6=2 8-5=3 4-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 7=7 8<9 9>8 8>7 5-misol ko`rgazmalar asosida tushuntirtiladi. 8+0=8 8-0=8 8-8=0 6-masala ko`rgazmalar asosida bajartiriladi.Og`zaki masala tuziladi va yechiladi. Hovlida 8 ta jo`jabor edi. 1 ta jo`ja ketib qoldi. Hovlida nechta jo`ja qoldi? 8-1=7 8-7=1 7<8 7-misol mustaqil bajariladi. Sonlarning hosil bo`lishiga qarab uycha yasaladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 58-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |