1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 7 ga sonni qoshish va 7 dan sonni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash. 2) O`quvchilarni tabiat ga ongli ravishda munosabatda bo`lishni o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Sinf uch guruhga bo`linadi. Har bir guruhga alohida-alohida qilib 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollar beriladi. Barcha o`quvchilar intizom bilan ketma-ket doskada bu misollarni bajarishadi. Qaysi qator birinchi bo`lib bu misollarni bajarsa , shu qator g`olib sanaladi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. So`ng ko`rgazmalar orqali yangi mavzu “7 ga sonni qoshish va 7 dan sonni ayirish.” tushuntiriladi. O`qituvchida 7 ta qalam bor edi, Umid yana 3 ta qalam berdi. O`qituvchida nechta qalam bo`ldi? 7+3=10 Solijonda 7 ta qalam bor edi. U Do`stiga 3 ta qalam berdi. Solijonda nechta qalam qoldi? 7-3=4 Geometrik shakllar orqali ham mavzuni tushuntirish mumkin. 7 ta qizil doirachaga avval 1 ta yashil doirachani, son`g 2 ta ko`k doirachani qo`shamiz. Doirachalar soni nechta? 7+1+2=10 Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 58-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-misol mustaqil bajartiriladi. 7-3=4 3-misol og`zaki bajariladi.
4-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 7-5=27-6=17-2=5 7=5+2 7=6+1 7=2+5 7-5=2 7-6=1 7-2=5 5-masalada ko`rgazmalar yordamida masala tuzdiriladi va yoziladi. Bog`da 7 ta qizil va 3 ta sariq lola ochildi. Jami nechta lola ochilgan? 7+3=10 Bog`da 10 lola ochilgan edi. Bog`bon guldasta uchun 7 ta qizil lola uzdi. Bog`da nechta lola qoldi? 10-7=3 Shu o`rinda lolaning tabiiy tog` lolasini “Qizil kitobga’ kiritilganligi, uning turini ko`paytirish maqsadida qo`riqxonalar ochilganligi haqida ma`lumot beriladi. Sayohat vaqtida lolalarni uzib ularni uvol qilmaslik kerakligi uqtiriladi. 5-misol mustaqil bajartiriladi. 7-4=3 7+2=9 7+3=10 6+2=8 6-4=2 7-3=4 7-6=1 7+1=8 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 57-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |