1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə193/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.



Fanga oid kompetensiyalar:

O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;






Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va qo`shish hadlari haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga, uy hayvonlarini parvarishlashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar,

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.sinf 3 guruhga bo`linadi. Har bir guruhga alohida misollar ustuni yozilgan bo`ladi. Har bir guruhdan navbatma-navbat o`quvchilar chiqib misollarni pastdan yuqoriga ishlab chiqadilar. Kim birinchi shoxsupaga chiqsa shu guruh g`olib sanaladi. O`yin vaqtida tartib-intizomga ham alohida e`tibor beriladi..

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

Qo`rada 3 ta qora qo`y bor edi. Yana 3 ta oq qoy sotib olindi. Jami nechta qo`y bo`ldi?

3+2=5 (ta)

Qo`shish amalida qatnashgan har bir sonning o`z nomlari bor. Bu qo`shish hadlari hisoblanadi.

2-qo`shiluvchi

3- qo`shiluvchi

5- yig`indi.

3 va 2 ning yig`indisi 5 ga teng.

Shu o`rinda uy hayvonlari, ularning insonlar haotidagi o`rni, ularni parvarishlash haqida ham tushuncha berib o`tiladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 68-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-misol doskada va daftarlarda bajaruiladi. Har bir misoldagi qo`shish hadlari o`quvchilarga ayttiriladi va mustahkamlanadi.

5+2=7 3+5=8 1+7=8 7+2=9 3+2=5 1+3=4 4+3=7 5+4=9

3-masala rasm asosida masala tuziladiva yechimi topiladi. Milliy kiyimlar haqida ma`lumotlar beriladi.Bosh kiyimni yerga tashlamaslik, uni asrab-avaylash haqida tushuncha beriladi.

Do`ppido`z bir kunda 6 ta erkaklar do`ppisini va 2 ta ayollar do`ppisini tikdi. Bir kunda jami nechta do`ppi tikilgan? 6+2=8 8*-6=2

4-masala. Rasm asosida o`gzaki masala tuziladi va yechiladi.

Bir kunda 2 ta “Neksiya” va 4 ta “Tiko” avtomobillari sotildi. Jami nechta yengil avtomonil sotilgan?

2+4=6 ta avtomobil sotilgan.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

67-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin