1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə217/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash,idodalarni taqqoslash haqida tushuncha berish.

.2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

“Bingo” o`yini o`ynatiladi. O`quvchilarga javobi 9 chiqadigan sonlarni topish tpshiriq qilib beriladi. . Qaysi qator 1-bo`liob bu misollarni topib belgilasa shu guruh g`olib sanaladi.

5+4

7-3

8+0

10-1

1+7

8-5

2+6

5+1

8+1

9+0

10-2

1+6

7+2

3+6

6+2

9-2

10-3

9-6

6+3

9-4

5+0

III.O`tilganlarni mustahlkamlash:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilar bilan qo`shish va ayirish hadlari eslatiladi va takrorlanadi.

1-misol o`yin tariqasida doskada bajariladi.

10-9=1 10-6=4 10-8=2 10-5=5 10-7=3 10-4=6

3+3=6 5+3=8 4+3=7 6+3=9 2+3=5 7+3=10

2-masala og`zaki bajariladi. Masalaning sharti o`qituvchi tomonidan o`qiladi. Tushuntiriladi, yechimini topish yo`llari aniqlanadi.

Yechish:4+3-7 ta. Akbarga 7 ta sa`va bor.

3-misol doskada va daftarda bajariladi.

2+7=9 9-2=7 8-2=6 8+0=8 6-1=5 5+1=6 5+2=7 7-2=5

4-masalada berilgan rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarga shirinlik ko`p istemol qilish tish kariyesini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida tushuncha beriladi.

1-likopchada- 5 ta Yechish: 9-5=4 ta

2-likopchada- ? ta Javob: 2-likopchada 4 ta konfet bo`lgan.

Hammasi-9 ta

5-misol og`zaki bajatiriladi. Javobi bir xil bo`lgan misollar topiladi.

4+4=8 6+2=8 8-5=3 7-4=3 3+1=4 9-5=4 3+4=7 9-2=7

8+2=10 7+3=10 1+4=5 8-3=5

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

75-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin