1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə220/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va misol-masallar yechish malakasini mustahkamlash, songa nolni qo`shish va yirish haqidagi bilimlarni tushuntirish.

2) O`quvchilarni o`zaro hurmat, bir-biriga do`stonoa munosabat bildirish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish va undan to`g`ri xulosa chiqarishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Mening o`rnim qayerda” o`yini o`tkaziladi. Stol ustiga 1 dan 11 gacha bo`lgan sonlar teskari qilib qo`yiladi. O`quvchilar chiqib turli xil raqamlarni tanlashadi va bir-birlariga qarab to`g`ri bo`lib saflanib olishadi.

III.O`tilganlarni mustahkamlash:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan qo`shish va ayirish hadlari eslatiladi va takrorlanadi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. 10 sonining tarkibi bu- 9 bilan 1, 8 bilan 2, 7 bilan 3, 6 bilan 4, 5 bilan 5 ning yig`indisidan hosil bo`lishi aytib o`tiladi.Song nol soni mavjud emas ma`nosini bildirishi eslatib o`tiladi.

Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi.

Darslikning 77-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

6-misol og`zaki bajariladi.

4-4=0 2+3=5 6-5=1 7-4=3 8-0=8 9-5=4 3+6=9

7-masala rasm asosida bajariladi, masala tuziladi, qisqa shart tuzdiriladi, yechimi topiladi. Parrandalarga g`amho`rlik qilish haqida tushuncha beriladi.

1 ta o`rdak 4 ta o`rdakchalar bilan sayr qilib yurgan edi. Ularga yana 4 ta o`rgak kelib qo`shildi. O`rdaklar nechta bo`ldi?

O`rgak va o`rdakchalar-5 ta

Qo`shildi- 4 ta

Bo`ldi- ? ta

Yechish: 5+4=9 ta

8-misol doskada va daftarda ishlanadi.

9-7=2 2+6=8 8-3=5 5+0=5 7-0=7 1+5=6 6+2=8 7-7=0

9-masalada berilgan sabzaotlar miqdori aniqlanadi va taqqoslanadi.

Pomidorlar-9 ta 9>8 8>7 7>6

Bodringlar- 8 ta 9>7 9>6 8>6

Sariq sbzi- 7 ta Sabzavotlarning nechta ortiq va nechta kamligi aytib o`tiladi.

Qizil sabzi-6ta

10-misol og`zaki bajariladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

76-dars


Fan: Matematika

Sana:


Mavzu:Kilogramm


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin