1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarga kilogramm haqida tushuncha berish, ularning ifodalarni taqqoslashga oid bilimlarini boyitish. .2) O`quvchilarga tarozidan to`g`ri foydalanish zarurligi va aksincha , to`g`ri foydalanmaslikning zarari haqida o`rgatish.; O‘quvchilarda turmushda ishlatiladigan narsalarning og`irligini o`lchash hamda tarozi bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.O`quvchilardan sinf doskasiga ifodalarni taqqoslashga doir misollarni yozish va ularni mustaqil bajarishlari talab etiladi.Shart tartibini o`qituvchi tushuntiradi. 6+4>8 7+2=10 9-1<10 10-2>7 6+3<10 5-3<5 O`tilgan mavzuni takrorlashfda “Aql charxi’ o`yinidan foydalaniladi. Unda 10 soni ichidagi raqamlar bo`yicha amallar bajartiriladi. Daraxtdagi olmalar tanlangach, ularning ortidagi misollar ekranda hosil bo`ladi. Agar misollar to`g`ri bajarilsa, olmalar tipratikanning ustiga tushadi. Shu sahifa yana ochilsa , misollar qaytadan bajariladi. Shu tarzda o`quvchilar o`tilgan mavzuni mustahkamlaydilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Ekran orqali hazil topishmoq aytiladi.. Ko`proq bo`lsa ol deydi, Kamroq bo`lsa sol, deydi. Halollikda baraka, Menga quloq sol, deydi, Bu nima ekan? (tarozi) O`quvchilarga ekran orqali tarozi turlari va tarozi toshlari ko`rsatib boriladi. Ular qayerlarda ishlatilishi, turmushdagi o`rni va ahamiyati haqida suhbat o`tkaziladi. Tarozi va tarozi toshlari do`konlarda, dorixonalarda, bozorlarda nima maqsadda ishlatilishi haqida aytiladi. 1-topshiriqda berilgan tarozi, asosan do`konlarda ishlatilishi haqida aytiladi: 1 kg, 2 kg, 5 kgli tarozi tosshlari bilan tanishtiriladi. 2-topshiriqdagi rasm asosida taroziga qarab un va tuzning og`irligi savol-javob orqali topiladi. O`qituvchi rasmlar orqali turlinarsalarning o`g`irligini o`quvchilar bilan topishadi va o`lchanadi. Shundan so`ng narsalarning og`irligini hisoblash uchun bizga kilogramm yordamga kelishi haqida aytib o`tadilar. O`quvchilardan ota-onalari bilan bozorga borganlarida nimalar harid qilishlari, nimalar avval tarozida tortilib so`ng sotib olinishi so`raladi. Tarozida halol bo`lish lozimligi uqtiriladi. Dam olish daqiqasida “Bilimdon’ qo`shig`i eshittiriladi. IV. Mustahkamlash. 3-masala sharti o`qiladi. Qovoqning og`irligi 9 kg, tarvuzning og`irligi esa undan 2 kg kam. Tarvuzning og`irligi qancha?Yechish: 9-2=7 kg. 4-misol doskada va daftarlarda bajariladi. 10-9=1 7+2=9 6-3=3 8+1=9 9-2=7 5+5=10 7+3=10 9-9=0 6+4=10 8-4=4 5+4=9 7-4=3 5-masala rasm asosida bajartiriladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 77-dars
10>10> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |