1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə226/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarga kilogramm haqida tushunchalarini mustahkamlash, ularning ifodalarni taqqoslashga oid bilimlarini boyitish.

.2) O`quvchilarga tarozidan to`g`ri foydalanish zarurligi va aksincha , to`g`ri foydalanmaslikning zarari haqida o`rgatish.;



  1. O‘quvchilarda turmushda ishlatiladigan narsalarning og`irligini o`lchash hamda tarozi bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.O`quvchilardan sinf doskasiga ifodalarni taqqoslashga doir misollarni yozish va ularni mustaqil bajarishlari talab etiladi.Shart tartibini o`qituvchi tushuntiradi.

6+4>8 7+2=10 9-1<10 10-2>7 6+3<10 5-3<5

O`tilgan mavzuni takrorlashfda “Aql charxi’ o`yinidan foydalaniladi. Unda 10 soni ichidagi raqamlar bo`yicha amallar bajartiriladi. Daraxtdagi olmalar tanlangach, ularning ortidagi misollar ekranda hosil bo`ladi. Agar misollar to`g`ri bajarilsa, olmalar tipratikanning ustiga tushadi. Shu sahifa yana ochilsa , misollar qaytadan bajariladi. Shu tarzda o`quvchilar o`tilgan mavzuni mustahkamlaydilar.

III.O`rganilgan mavzuni mustahkamlash:

O`quvchilarga ekran orqali tarozi turlari va tarozi toshlari ko`rsatib boriladi. Ular qayerlarda ishlatilishi, turmushdagi o`rni va ahamiyati haqida suhbat o`tkaziladi. Tarozi va tarozi toshlari do`konlarda, dorixonalarda, bozorlarda nima maqsadda ishlatilishi haqida aytiladi.

6-masala o`qituvchi rahbarligida bajariladi.

Bor edi- 10 kg piyoz Yechish: 10-3=7 (kg) ishlatilgan.

Ishlatildi- 3 kg

Qoldi -? kg

2-misol doskada va daftarda bajariladi.

10-9=1 10-8=2 7+3=10 8+2=10 10-1=9 3+3=6 6+4=10 4+5=9

8-masalaning sharti o`qiladi, Ogz`aki bajariladi.

Olamali yashik bilan nokli yashik taqqoslanadi va nokli yashiknig og`irligi aniqlanadi.

10-3=7 (kg. Nokli yashik)

9-misoldagi jadval to`ldiriladi,.

9-4=5 2+4=6 1+6=7 3+0=3 8-5=3 7-6=2


10-masala o`qiladi , mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiiladi.

Shu bilan birga mevalarning inson hayotidagi ahamiyati haqida aytib o`tiladi.

8+2=10 (ta) 2-likopchada 10 ta anoq bor.
Dam olish daqiqasida “Bilimdon’ qo`shig`i eshittiriladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

78-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin