1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə24/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga bitta yoki bir nechta narsani ajratishni kabi tushunchalarni o`rgatish.

2) O`quvchilarga do`stlik haqida, do`stning huquq , burchlari haqida tushunchalarni singdirishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning bitta yoki bir nechta narsalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsga hozirlik ko`rish

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Kataklar bo`ylab, katak ichida yozish, chizish, narsalarni rangiga va shakliga qarab bo`yash ko`mikmalari mustahkamlanadi.O`rganilgan mavzu yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Turli xil shablonlar yordamida o`qituvchi berilgan topshiriqlarni va mavzuni tushuntirib o`tadi. O`qituvchi har bir shklli shblonlarni bittadan olib ko`rsatadi va uning nomini va sanog`ini so`raydi.

Masalan: - Bu nima? (bu gul) Gullar nechta ? (bitta) Gullar insonlarga nima uchun kerak?

( insonlarning kayfiyatini ko`tarish uchun) Maktab hovlisida ham gullar bormi? ( bor) Ularni nima qilishimiz kerak? (parvarishlashimiz kerak) Mavzuni tushuntirish jarayonida o`quvchilarga uning tarbiyaviy tomoni ham singdirilib boriladi.

Mavzu mazmunini yoritishda berilgan elektron darsliklardan ham samarali foydalaniladi. Bunda o`quvchilar diqqati jamlanib, mavzuni qunt bilan o`rganishga intilish hissi kuchayib boradi.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

Ikki bizga do`st emas,

Uchni yomon ko`ramiz.

To`rt bo`lsa ham mayliga,

Beshdir bizning do`stimiz!
IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 10-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar bilan suhbatlar o`tkaziladi. O`quvchilarning har bir javoblari to`ldirilib , izohlanib boriladi.

- 1-rasmda kimlarni ko`rayapmiz? (Komila bilan Farruxni) Ular do`stmi? (Ular chin do`stlar)

Komila bir nechta qalamlarining ichidan Farruxga nechta qalam ajratib beryapti? (bitta)

Siz ham do`stingizdan narsangizni qizg`nmaysizmi? (Yo`q) Demak maktabda o`quvchilar do`stlashishi kerak. Ular kerakli vaziyatlarda bir-biridan narsalarini ayamasliklari kerak. Hozirda kim-kim bilan do`stlashdi? Kabi savollar bilan o`quvchilarga do`stlik tushunchasi singdirilb boriladi.

Darslikdagi rasmlar shu tariqa tahlil qilinadi va o`quvchilarga “ bitta yoki bir nechta” kabi tushunchalar singdirilib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

9-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin