1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə27/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga “har biri”, “hammasi”, “...dan boshqa hammasi” kabi tushunchalarni o`rgatish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrsb-avaylashga, hayvonlarga g`amho`rlik qilishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematikaga oid BKM oshirishga harakat qilish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Kim chaqqon?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsga hozirlik ko`rish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Avval “Har biri”, “hammasi”, “...dan boshqa hammasi” tushunchasi izohlanadi. Bu tushunchalarni o`quvchilarga izohlab berishda turli xil shablon yoki mulyajlardan foydalanamiz. Bizga bir nechta mevalarning sablonlari kerak bo`ladi. O`qituvchi savatcha ichiga bu mevalarni soladi va bolalarga bularning hammasi nima deyiladi? Savoli bilan murojaat qiladi. (bularning hammasi- mevalar) demak hammasi so`zi umumiylik ma`nosini anglatadi.Bularning har biri foydali. Masalan olma- suyaklarni mustahkamlaydi, shaftoli , uzum- inson tanasiga quvvat bagi`shlaydi, o`rik- yurak faoliyatini mustahkamlaydi va b.q. Demak har biri deganda alohida-alohida hususiyatlar sanaladi va ajratiladi. So`ng savatga bitta sabzavotlardan sabzi solinadi. O`qituvchi o`quvchilardan hammasi mevami? Degan savol bilan murojaat qiladi.Bolalar o`zlari savolga sabzidan boshqa hammasi meva- deb javob beradilar. Shu tariqa yuqoridagi tushunchalar mazmuni ochib beriladi.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 11-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar o`z fikrlarini bayon etadilar.Bunda biz “Kim chaqqon?” o`yini orqali o`quvchilarning bilimini mustahkamlaymiz. O`yin qoidasi tushuntiriladi.

- 1-rasmda nimalar berilgan? (hayvonlar)

- Bularning hammasi qanday hayvonlar? (uy hayvonlari)

- Ularning har birining foydali hususiyatlarini ayting. (qoy- gpo`sht, yung beradi, sigir – go`sht, sut beradi)

O`quvchilarning javoblari shu tariqa to`ldirib boriladi. O`quvchilarga tabiatimiz boyligi, tabiatni sevishimiz, uni asrab-avaylashimiz bizning burchimiz ekanligi ham singdiriladi. Shuningdek uy hayvonlariga g`amhorlik qilish haqida tushuncha beriladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

10-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin