1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə258/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilim berish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilish..

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish..

Dars turi: Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

Darsni mustahkamlash “Tramvay” o`yini orqali amalga oshiriladi. O`yin hshartiga ko`ra o`qituvchi o`quvchilarning har biriga alohida raqam yozilgan 2 tadan kartochka tarqatadi. Bir o`quvchi qo`liga 10 soni yozilgan kartochka beriladi. Bu “10-tramvay” bo`ladi. Ushbu tramvayga qo`llaridagi kartochkalarda yoilgan raqamlar yig`indisi 10 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi.

Keyin navbatdagi tarmvay keladi. Bu “6-tramvay” bo`ladi. Bunga kartochkalardagi raqamlar yig`indisi 6 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi.

Parta oralab uy vazifasi tekshirib chiqiladi

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

III.Mustahkamlash:

O`quvchilarga o`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash mavzusi o`tkaziladi. O`quvchilar 93-betdagi

1-masalani og`zaki bajaradilar.Har bir shaklning nomini ayting. Hamma shakllarni bir so`z bilan ayting.


1

2

3

4

5

6




7

.

2-masalada berilgan rasm asosida avval og`zaki so`ng yozma masala tuziladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masalani ishl;ash jarayonida tarbiyaviy tomoni yoritiladi.

Bor edi- 5 ta olma

Yeyildi- 1 ta olma

Qoldi-?

Yechish: 5-1=4 (ta)


Javob: Qoldi 5 ta olma.

3- misol og`zaki bajariladi.

4+2=6 8-3=5 9-2=7 6+3=9 5+4=9 8-2=6
4-masala doskada va daftarlarda bajariladi.

Karim – 9 ta misol

Lola -?, 2 ta kam

Yechish: 9-2=7 (ta)

Javob : Lola 7 ta misol yechgan
IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 93-betidagi 5-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..

.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

92-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin