1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilim berish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilish.. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish.. Dars turi: Mustahkamlash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. Darsni mustahkamlash “Tramvay” o`yini orqali amalga oshiriladi. O`yin hshartiga ko`ra o`qituvchi o`quvchilarning har biriga alohida raqam yozilgan 2 tadan kartochka tarqatadi. Bir o`quvchi qo`liga 10 soni yozilgan kartochka beriladi. Bu “10-tramvay” bo`ladi. Ushbu tramvayga qo`llaridagi kartochkalarda yoilgan raqamlar yig`indisi 10 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi. Keyin navbatdagi tarmvay keladi. Bu “6-tramvay” bo`ladi. Bunga kartochkalardagi raqamlar yig`indisi 6 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi. Parta oralab uy vazifasi tekshirib chiqiladi Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. III.Mustahkamlash: O`quvchilarga o`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash mavzusi o`tkaziladi. O`quvchilar 94-betdagi 1-masalani doskada va daftarda bajaradilar. Rasmbo`yicha masala tuziladi, yechimi topiladi. 1-likopchada- 5 ta pomidor 2-likopchada-4 ta pomidor Hammasi-? Ta Yechish: 5+4=9 (ta) Javob: Hamma pomidorlar- 9 ta. Masalaani ishlash jarayonida o`quvchilarga pomidor nima ekanligi, pomidorning hususiyatlari haqida tushuncha berib o`tiladi. 7-misol doskada va daftarda bajariladi. 2+2=4 3+2=5 5+3=8 6+3=9 6-2=4 5-2=3 9-2=7 9-6=3 8-masalada berilgan rasmlar taqqoslanadi. . 9-masalada berilgan rasm asosida avval og`zaki so`ng yozma masala tuziladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masalani ishlash jarayonida tarbiyaviy tomoni yoritiladi. Bor edi- 10 ta tuxum Olindi - 4 ta tuxum Qoldi-?
Yechish: 10-4=6 (ta) Javob: Qoldi 6 ta .tuxum 10- misol og`zaki bajariladi.
IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 94-betidagi 11-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 93-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |