1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilimlarini tekshirish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilishni nazorat qilish.. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish.. Dars turi: Nazorat darsi Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. III.Nazorat ishini o`tkazish O`quvchilarga nazorat ishi haqida , uning o`tkazilish qoidalari haqida tushunchalar beriladi. O`quvchilarning bilimlarini nazorat qilish natijasida nazorat ishlari o`tkazishlari aytib o`tiladi.So`ng doskada yoki ekranda nazorat ishi savollari beriladi, o`quvchilarga ularni bajarish yo`llari tushuntiriladi. 1-nazorat ishi. Tarelkada 9 ta olma bor edi. Lola 1 ta olmani yeb qo`ydi. Tarelkada nechta olma qoldi? 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni yozing. 6 bilan 4 sonlarining yig`indisini toping. 10 bilan 3 sonlarining ayirmasini toping. 8 bilan 5 ni taqqoslang (mantiqiy fikrlash ko`nikmasini aniqlash) IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifao`tilgan mavzular yuzasidan takrorlah..Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |