1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə309/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarga 50 dan 59 gacha bo`lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish.

2) O`quvchilarni ko`chada yurish odobi, kattalar bilan muomala qilish va transportda yurish qoidalari haqida tushunchalarini boyitish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

“Kim tez topadi ” enerjayzeridan foydalanib o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi.

1-g: Bilimdonlar 2-g: Zukkolar, 3-g- Epchilalar 4-g: Donolar.

So`ng o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekranda berilgan topshiriqlar bajariladi. Har bir guuhga alohida topshiriqlai misollar beriladi. Qaysi qator tartib-intizom asosida berilgan topshiriqni tez va to`gri bajarsa shu guruh g`olib sanaladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilar e`tibori darslikning 50 dan 59 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga , tartibi hamda tarkibiga qaratiladi.

50,51,52,53,54,55,56,57,58,59- bular ikki xonali sonlar deyiladi.

51 soni- bu bitta 50 va 1 dan, 52 soni- bu bitta 50 va 2 dan, va h.z, 59 soni bu bitta 50 va 9 dan iboratdir.

Yoki, 51 soni 5 ta o`nlik 1 ta birlikdan, 52 soni- 5 ta o`nlik va 2 ta birlikdan, 53 soni- 5 ta o`nlik va 3 ta birlikdan h.z. ekanligi tushuntiriladi. Tushuntirishda abakdan yoki sanoq cho`plardan foydalaniladi.

Mavzu 1-misol o`rqali tushuntiriladi.

Sonlar tartibi va yozilishi ko`rsatib beriladi va yozdiriladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi.

Olim 59 joyda. Undan o`ngdagi o`rin-58, chapdagi o`rin-60.

3-misol doskada va daftarda bajariladi.Ushbu misol “Matematik diktant” tarzida ham o`tkazilishi mumkin.

50 + 4=54, 50+2=52 50+5=55 50+8=58

4-misolda berilgan bo`sh kataklarni sonlar bilan to`ldiriladi.

51,52,53,54,55,56,57,58,59

59,58,57,56,55,54,53,52,51

5-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni mehnatsevarlika o`rgatiladi.

1-kuni- 50ta

2-kuni-? , 4 ta prtiq

Yechish: 50+4=54(ta)

Javob:54 ta mashina ishlab chiqarilgan

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 108-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

109-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin