1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. Matematik diktant o`tkaziladi. III.Mavzu bayoni: O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. O`quvchilarga 1-masala o`qittiriladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarning matolar nimalardan olinishi, tikuvchilik kasbi haqida tushuncha beriladi. Bor edi -50m Qirqib olindi- 20 m Qoldi-? M Yechish: 50-20=30 (m) Javob: To`pda 30 m mato qolgan. 2-misol musobaqa tarzida mustaqil bajarish uchun beriladi. Birinchi ishlab kelgan 6 ta o`quvchining daftarlari tekshiriladi va baholanadi. 83+17=100 67-32=35 28+72=100 50+14=64 IV. Mustahlkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar doskada va daftarda ishlanadi. 3-misol doskada bajariladi 56-6=50 49-9=40 58-8=50 43-3=40 97-7=90 53-3=50 4-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart asosida masala tuziladi va yechimi topiladi.o`quvchilarni hunar o`rganishga qiziqishlari oshiriladi.. 1-qavatda-24 ta 2-qavatda-26 ta, ? ta ko`p Yechish: 26-24=2 (ta) Javob:2-qavatda 2 ta ko`p xona bor 5-masala amaliy bajartiriladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 148- betdagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.
155-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |