1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 ,2,3, 4,5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 6 soni bilan tanishtirish. 2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.Ekranda 6 ta lola guli va 6 soni ko`rsatiladi va quyidagi she`r o`qiladi. 5 dan keyin 6 man, Raqamlarning oldiman. Ikkala 3ni qo`shsang bas, Hech qachon esdan chiqmas. Darslikda berilgan topshiriqlar navbati bilan bajariladi. 1-misol orqali 6 soni hosil qilinadi. 4+2=6 2+4=6 3+3=6 5+1=6 1+5=6
5 ta qizil atirgul uzildi.Song yana 1 ta sariq atirgul uzildi. Atirgullar nechta bo`ldi? 5+1=6 1+5=6 IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 30-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 3-misolda o`quvchilar bo`sh katakkka zarur sonni yozadilar. 5+1=6 6-1=5 1+5=6 4-misolda kubiklar bilan ishlanadi. 1+5=6 5+1=6 Ekran orqali “Ikki do`st” multfilmi namoyish etiladi. O`quvchilar bilan do`sytlik haqida suhbat o`tkaziladi. 5-misol ekran prqali namoyish etiladi va sonlar qatori hosil qilinadi. 234 345 456 Berilgan sonlarga qo`shni sonlar topiladi va aytiladi. 6-masalada 6 sonini hosil ilish uchun “Sonlarning tarkibini to`diring” trenajyor mashqi bajartiriladi.O`qituvchi o`yin misolida do`stlik haqida tushuncha beradi. Har doim inoq bo`lib yurishga chaqiradi va bolalarning nigohini ekranga qaratadi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 29-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |