1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni ichida ayirishni o`rgatish.. 2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilish insonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. Sinf 3 guruhga bo`linadi. Har bir guruh uchun doskada misollar yoziladi. Kim tez berilgan misollarni ishlab tugatsa shu guruh g`olib sanaladi. 2+2= 3+2= 1+2= 4-1= 4-2= 4-3= 3+1= 1+3= 2+3= 1+1= 4+1= 3+1= . III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 5 soni ichida ayirish mavzusi tushuntiriladi. 1-masaladagi rasm asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga qo`ziqorinlar, ularning qayerlarda o`sishi, inson uchun zararli qo`ziqorinlar ham mavjudligi, uylarni iste`mol qilishda ehtiyot bo`lishgi ta`kidlanadi.Berilgan rasm asosida misollar ishlanadi. 5 ta qo`ziqorin bor edi. Uni 1 tasini ishlatdik. Nechta qo`ziqorin qoldi? 5-1=4 5 ta qo`ziqorin bor edi. Uni 4 tasini ishlatdik. Nechta qo`ziqorin qoldi? 5-4=1 2-masaladagi rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Oqqushlar haqida , ularning chiroyi haqida aytib o`tiladi va “Irkit o`rdakcha” ertagi qisqa aytib beriladi. Hivuzda 5 ta oqqush suzib yurgan edi. Ularning 2 tasi qirg`iqqa chiqshdi. Hovuzda nechta oqqush qoldi? 5-2=3 ta Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 29-sahifasida berilgan 3-misol predmetlar yordamida ishlanadi. 5-3=2 5-4=1 So`ng 4-misol doskada yozdiriladi va daftarlarga yozish tushuntiriladi. 1<2 5>4 5=5 3>2 “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 28-dars
2> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |