1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 ,2,3, 4,5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 6 soni ichida qo`shish va ayirishni o`rgatish. 2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.6 soniga oid bilimlar va yodlagan sh`erlar takrorlanadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilarga 6 soni ichida qo`shish va ayirish amallari o`rgatiladi. 7-masalada berilgan rasm yuzasidan suhbat o`tkaziladi. Suhbat jarayonida qushlarni parvarishlash, kuz, qish faslida ularning oziq-ovqatlari kamayishi , shuning uchun ularga donxo`raklar yasab, dasturxondagi ushoqlarni shu donxo`raklarga solish mumkinligi ta`kidlanadi. So`ng rasm asosida masala tuziladi va yechiladi.Donxo`rakda 5 ta qush donlayotgan edi. Ularga yana 1 ta qush kelib qo`shildi. Donho`rakdagi qushlar nechta bo`ldi? 5+1=6 ta Yoki aksincha: Donxo`rakda 1 ta qush donlayotgan edi. Ularga yana 5 ta qush kelib qo`shildi. Donxo`rakdagi qushlar nechta bo`ldi? 1+5=6 ta 6 sonini hosil qilish predmetlar yordamida ham ko`rsatiladi. So`ng 6 sonidan ayirirsh amali 8-masala yordamida tushuntiriladi. Yerga 6 ta olma to`kilgan edi. Tipratikan ulardan 1 tasini olib ketdi. Nechta olma qoldi? 6-1=5 ta Yoki doirachalar yordamida ko`rsatib beramiz. 6 ta doiracha bor edi. Ulardan 1 tasini olib qo`ysak nechta doiracha qoladi? 6-1=5 ta Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 31-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 9-misolda sonlar taqqoslanadi va daftarlariga yozdiriladi. 5<6 6>5 6>3 4<5 6=6 4<6 6>4 5=5 10-misolda berilgan sonlarga mosini qo`shib 6 ni hosil qilamiz. 1+5=6 2+4=6 3+3=6 4+2=6 5+1=6 11-masala o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi. Anvar mehnat darsi uchun 5 ta yashil va 1 ta sariq yaproq keltirdi. Yaproqlar nechta? 5+1=6 ta Yoki aksincha 1+5=6 ta So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
30-dars
6>5>6> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |