1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə90/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 7 soni bilan tanishtirish, uning o`rni, yozilishi va o`qilishi haqida bilim berish.

2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekrandagi gullarni bollar sanaydilar va o`qituvchi 7 sonini hosil qilishni o`quvchilarga tushuntiradi.Haftaning 7 kuni borligi, kamalakning 7 ta rangi haqida o`quvchilarga aytib o`tiladi. So`ng o`quvhilar sonlar ishtirok etgan maqollarni aytadilar.

7 degan nomim bor,

Raqamlar ichra nomdor.

6 va 1 bo`lsa jam,

Tayyor bo`laman men ham.

7 soni hosil qilinadi: 6+1=7 5+2=7 3+4=7

2-misol doskada bajariladi.

5+1=6 6+1=7 1+6=7

3-misol ekran orqali namoyish etiladi. Bunda sonlar qatori berilgan. Kursor orqali sonlarga olib boriladi va shu sonning qo`shnilari o`quvchilardan so`raladi.

Ekranda predmetlar orqali 7 sonini hosil qilish ko`rsatiladi.

4-misol. Taqqoslashga oid misolni predmetlar yordamida bajaradilar.

7=7 6<7 7>6 6=6 6>5 5=5 4<7 7>5

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 32-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 4-misolda o`quvchilar poyezdni ishga tushirish uchun undagi misollarni tog`ri bajarishlari aytib o`tiladi.Poyexdda o`quvchilar Samarqandga sayohatga chiqishayotganligi va biz ularga yordam berishimiz kerakligi aytiladi O`quvchilar birin-ketin misolni og`zaki ishlab beradilar.

7-5=2 2+4=6 6-3=3 3+2=5 5-3=2 2+5=7 7-6=1

Misollar to`g`ri ishlangach, o`qituvchi o`quvchilarga rahmat aytadi. Samarqand shahri va Registon maydoni haqida qisqacha ma`lumot beriladi.

So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi.

6-masala bajariladi. Bunda o`quvchilar bilan har bir shakl haqida alohida ma`lumot beriladi. Uning tomonlari va uchlari haqida aytib o`tiladi.7-misol bajariladi. O`quvchilar 7 sonini hosil qilish uchun bo`sh kataklarga sonlar yozib chiqadilar.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

6 6

6 5


5 5
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
31-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin