1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 7 soni bilan bog`liq misol va masallarni o`rganish. 2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Predmetlar yordamida o`rganilgan sonlar taqqoslanadi.7 soni bilan bo`gliq she`rlar yodlatiladi. 7 degan nomim bor, Raqamlar ichra nomdor. 6 va 1 bo`lsa jam, Tayyor bo`laman men ham. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. 7 soni hosil qilinadi: 6+1=7 5+2=7 3+4=7 8-masaladagi rasm asosida suhbat uyushtiriladi. O`quvchilar uy yumushlarida ota-onalariga qarashishlari ta`kidlanadi. So`ng rasmdagi bolalar nima qilishayotganligi, issiq non qanday yopilishi, don nima uchun ekilishi haqida o`quvchilarga tushuntirib o`tiladi va masala tuziladi , yechimi topiladi. Tandirga 6 ta non yopishtirilgan edi. Nazira opa yana 1 ta nonni yopishtirdi. Tandirda nechta non bor? 6+1=7 ta. Tandirda 7 ta non bor edi. Nazira opa 1 ta nonni uzib oldi. Tandirda nechta non qoldi? 7-1=6 ta 9-misol predmetlar orqali taqqoslanadi va doskada bajariladi.O`quvchilarga daftarga misol yozish tushuntiriladi. 7>6 6<7 6=6 6>5 7=7 4<7 6=6 7>5 10-misolga o`quvchilar diqqati qaratiladi. Mashinalar o`z vaqtida marraga yetib kelishlari uchun misollarni to`g`ri bajarish kerakligi uqtiriladi. 6+1=7 7-2=5 5+1=6 6-4=2 2+4=6 IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 33-sahifasida berilgan 11-misol ishlanadi. 4+1=5 3+2=5 5-4=1 6+1=7 2+3=5 6-1=5 5-3=2 3+1=4 So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 32-dars
7>7> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |