1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 8 soni bilan tanishtirish, uning o`rni, yozilishi va o`qilishi haqida bilim berish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga chaqirish, hayvonlarga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 7 sonining hosil bo`lishi , qatordagi o`rni, qo`shni sonlar haqida suhbat o`tkaziladi. So`ng “Jonli sonlar” o`yini o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga 1 dan 7 gacha bo`lgan sonlarni beradi. O`qituvchi “Sonlar tartibi bilan saflaning!” deganda, o`quvchilar tartib bilan saflanadilar. Safga tartib bilan 1 dan 7 gacha sanaydilar, keyin aksincha , 7 dan 1 gacha sanaydilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda o`qituvchi 8 sonini hosil qilishni o`quvchilarga tushuntiradi. Sanamay demang 8, Ikkita 4 ni qo`shsangiz, Hozir bo`laman shu on, Yaxshi bilgin , ukajon. So`ng 1-misol yordamida 8 soni hosil qilinadi. 6+2=8 5+3=8 4+4=8 7+1=8 2-masala rasm asodida tushuntiriladi va yechiladi. 4+4=8
So`ng ekranda o`quvhilar bilan Paint dasturida soyabonda berilgan misollar ishlanadi va soyabon bo`yaladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 34-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 3-misolni o`quvchilar “Zanjir” metodi orqali ishlaydilar . 7+1=8 8-1=7 5+3=8 8-3=5 4+4=8 8-4=4 4-misolda berilgan hosillardagi misollar ishlanadi va har bir hosilning bargi qaysi ekanligi aniqlanadi. 7+1=8 5+2=7 8-3=5 So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 33-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |