Verbal ta’sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta`sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir. Ma`lumki, nutq – bu so`zlashuv, o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning vositasi – so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zahirasidan foydalanib, eng ta`sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta`sir ko`rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyastiya, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do`stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan bo`lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib – pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
3. Noverbal ta’sirning ma`nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o`rtog`ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko`rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi? Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta`sir ko`rsatmoqchi bo`lishganda, dastavval nima deyish, qanday so`zlar vositasida ta`sir etishni o`ylar ekan. Aslida esa, o`sha so`zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o`ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko`ra, birinchi marta ko`rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta'sir qilarkan.
Dostları ilə paylaş: |