Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix02.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#122440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Nazariy



Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati 
 
 
 
Reja: 
 
 
 
1. Pedagogik texnikaning psixologik va fiziologik xususiyatlari. 
2. O'qituvchining tashqi ifodasi (mimika va pantomimika) - pedagogik 
texnika sifatida, Pedagogik texnikani egallash usullari. 
3.O'qituvchining nutq madaniyati va unga qo'yiladigan asosiy talablar. 
4.Nutqiy faoliyatni oqilona tashkil etish yo'llari. 
5.Nutqiy faoliyat ko'nikma va malakalari: tovush, diapazon, tembr, diksiya, 
ritmika. 


Pedagogik texnikaning psixologik va fiziologik xususiyatlari. 
Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta'lim-tarbiya jarayonida, balki 
butun kasbiy faoliyatida zarur boigan umumiy pedagogik bilim va malakalari 
majmuidir. Pedagogik texnikaning muhira jihatlari - bu avvalo o'qituvchining 
mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalari hisoblanadi, ya'ni unin gsavodli va 
ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta'sirchan 
bayon qilishi, his-tuyg'usini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlanga xos 
mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma'noli qarash, 
rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqali 
o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta'sir o'tkazishi, hozirjavoblik, psixologik 
bilimlarga ega bo'lishi kabilardir. 
O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan iborat 
ekanligi, pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta'lim muassasalarida ta'lim-
tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, 
o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi 
muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib 
kelmoqda. 

Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin