Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati


Nutqning asosiy xususiyatlari



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix02.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#122440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Nazariy

Nutqning asosiy xususiyatlari: 
1. Nutqning to'g'riligi varavonligi. 
2. Nutqning aniqligi va ta'sirchanligi. 
3. Nutqning manitiqiyligi. 
4. Nutqning tozaligi va ifodaliligi. 


Nutqning to'g'riligi va ravonligi uning adabiy til normalariga to'g'ri kelishidir. 
Bunda ikkitajihatga e'tibor beriladi: urg'u va grammatik normalarga amal qilinishi.
Urg'u - so'zlaming to'g'ri talaffuz tilishini ta'minlaydi. 
Grammatik norma-nutqning mazmundorligini, ma'noli ekanligini bildirib, 
nutq oqimidagi so'zlaming o'zgarishi mazmunan bir-biriga birikishini ifodalovchi 
xilma-xil qoidalar yig'indisidir. 
Nutqning aniqligi va ta'sirchanligi - mazmundor nutqning tinglovchiga ta'sir 
yetish omilidir. O'qituvchi so'z va tilning ravonligi, notiqlik qobiliyati bilan aniq 
faktlar asosida o'quvchilarga bilim beradi, ulaming ko'nikma va malakalarini 
rivojlantiradi. O'qituvchi nutqining aniq bo'lishi, o'z mas'uliyatini chuqur his etish 
shartidir. Aniq, o'rganilayotgan mavzuning o'qituvchi tomonidan ifodalanayotgan 
voqelikka, faktlarga muvofiq kelishidir. Aniqlikning chegarasini belgilashda 
o'qituvchi so'zlami to'g'ri qo'llay olishi, o'zbek tili grammatikasi mukammal bilishi, 
to'g'ri talaffuz eta olishi talab qilinadi. 
Nutqning mantiqiyligi nutqning mantiqiy bo'lishi eng avvalo o'qituvchining 
so'z boyligi, tafakkur yuritish qobiliyati, idrok etish mahoratiga bog'liq. O'qituvchi 
tilni juda yaxshi bilishi, so'z boyligi keng bo'lishi mumkin. Ammo o'zi filer 
yuritayotgan mavzuga nisbatan chuqur bilimga ega bo'lmasa, bilimlarini o'z 
tafakkuri doirasida tahlil qila olmasa notiqlik san'ati natija bermaydi. So'zlaming 
o'qituvchi ifodalayotgan mavzuga mos ravishda to'g'ri ifodalanishi, so'z 
birikmalarining, gaplarning, matnlaming bir-biriga to'g'ri kelishi, fikmi izchil 
bayon etish uchun bo'yso'ndirilishi nutqning mantiqiy boy ekanligidan dalolat 
beradi. 
O'quvchilarga aytilayotgan fikr mantiqan bir-biriga bog'langan bo'lishi kerak. 
Gaplar o'rtasida fikriy bog'lanish, izchillik yo'q olishi bilan o'qituvchi nutqining 
mantiqiyligiga putur etadi. 
O'rganilayotgan mavzu matnlari o'rtasida mantiqiy bog'lanish bo'lish uchun, 
matnlar boshlanma bilan ajratiladi (masalan, xulosa qilib aytganda; shu bilan birga; 
ta'kidlash lozimki va hokazo). Demak, o'qituvchi nutqining mantiqiyligi 


deyilganda, yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikr va mulohazalar rivoji izchil 
bo'lgan, har bir so'z, ibora aniq maqsadga muvofiq ishlatiladigan nutq tushiniladi. 
Nutqning tozaligi va ifodaliligi - o'qituvchi nutqining tozaligi, avvalo uning 
adabiy til isoniy normalanga 
muvofiq ifodalanishi bilan belgilanadi. 
O'qituvchilaming chiroyli va mazmunan boy nutqi hozirgi o'zbek adabiy tili 
talablariga mos holda tuzilgan bo'lishi, g'ayri adabiy til unsurlaridan holi bo'lishiga 
qarab baholanadi. Nutq uning toza bo'lishiga halaqit beruvchi unsurlar: dialektizm 
va varvarizmdir. Zero, ushbu unsurlar badiy adabiyotda ma'lum bir badiiy-estetik 
vazifani bajarsada, o'qitovchining dars jarayonidagi va tarbiyaviy faoliyatidagi 
nutqida ishlatilmasligi kerak. O'qituvchi doimiy ravishda idoraviy atamalari, 
rasmiy so'z va iboralarni noo'rin ishlatishi o'z nutqining notabiiyligiga, ishonchsiz 
chiqishiga sabab bo'ladi. Natijada o'quvchilar ta'lim-tarbiyasida o'qituvchi 
tomonida nishontirish metodi orqali qo'llaniladigan fikrlar mukammal bayon 
etilmaydi. 
Nutqning tozaligi, uning turli sheva so'zlaridan holi bo'lib, faqat abadiy tilda 
ifoda etilisbidir. Til vositalari vaziyatga qarab ishlatilgan, siyqa so'z va iboralarsiz 
hosil bo'lgan o'qituvchi nutqi tabiiy va samimiy bo'ladi, tinglovchi va 
o'quvchilarning qalbiga te zborib yetadi. Til va nutq, nutq madaniyati, 
tilnormalarini egallamoq, talaffuz, urg'u, so'zishlashish, gap tuzish qonuniyatlarini 
chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari bir xil sharoitlarga mos 
maqsadga muvofiq bo'lishi kerak. Nutqda til - fikr almashish quroli, o'qituvchi 
qalbining oyinasi, o'qituvchining dars berish uslubini, pedagogik mahoratini to'liq 
namoyon qiluvchi vosita. Nutqda-tildagi rang-barang vositalar o'z ifodasini topsa, 
bunday nutq-boy nutqdir. 
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog'langan vositalardir. Nutq 
qaysi tilda aytilmasin, o'sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro'yobga 
chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. 
Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi. 



Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin