Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati


Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix02.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#122440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Nazariy

Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib 
o'rganiladi. 
Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va 
xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini boshqarish 
malakalarida (refleksiya) namoyon bo'ladi: 
• ta'lim-tarbiya 
jarayonida 
o'zxatti-harakatlarini 
boshqarishi, 
(mimika, 
pantomimika); 
• ta'lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli 
nojo'ya ta'sirlarga berilmaslik; 
• mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) 
egaligi; 
• nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o'z 
o'rnida qo'llay olishi. 


Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs 
va jamoaga ta'sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta'lim-tarbiya 
jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi: 
• o'qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari; 
• ma'lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarning bajarilishini nazorat 
qilishi; 
• ta'lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta'lim-tarbiya bilan bog'liq 
bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi; 
• o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab 
boshqara olishi. 
O'qituvchining 
tarbiyalanuvchi 
obyektlar 
oldida 
o'z 
harakatlarini 
boshqarishida aktyoriik san'atiga xos bo'lgan xususiyatlari, ya'ni mimik va 
pantomimik qobiliyatlari muhim rol o'ynaydi. Aktyor bir obrazni ma'lum bir 
muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko'rinishda sahnada 
namoyish etsa, o'qiruvchi butun o'quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzum 
o'tilgan mavzular bilan bog'lab, zamonaviy irmovatsion usullar vositasida 
o'quvchilar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko'radi, sinf jamoasidagi 
o'ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o'quvchining shaxsiy 
xususiyatlarini e'tiborga olib pedagogik faoliyat ko'rsatishga majbur. 
Bunday ulkan mas'uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o'qituvchidan 
yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka eg abo'lish talab etiladi. 
Hozirgi zamon o'qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik 
texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o'qituvchiga o'z gavdasini tuta 
bilishi (mimika, pantomimika), nis-tuyg'ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, 
ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o'quv faoliyatida, 
o'qishdan tashqari ta'lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo'llash yo'llarini 
tushuntiradi. Demak, pedagogik texnika o'qiruvchi kasbiy faoliyatida shunday 
kasbiy va shaxsiy malakalar yig'indisiki, u o'qituvchining pedagogik faoliyatiga 
ta'sir ko'rsatishi, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida 
asosiy yo'l ko'rsatuvchi bo'lib xizmat qiladi. 


Ilg'or va novator o'qituvchi laming texnik mahorati pedagogik faoliyat olib 
borishlarida mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora qila olish 
xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, o'qituvchilar pedagogik 
texnika san'atini mukammal egallaganlar, uning ko'nikma va malakalarini o'zlarida 
aniq shakllantirishganva turli pedagogik vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlariga 
egadirlar. 
Pedagogikada o'qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy hayotidagi turli 
rahiy vaziyatlar tufayli kayflarining o'zgarib turishini o'zi qattiq nazorat qilish talab 
qilinadi. Ushbu nazoratni o'qituvchining o'zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning 
ijobiy natijalari o'qituvchining refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo'ladi. 
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta'sir 
ko'rsatishdagi o'qituvchining ma'naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyalanuvchilarga 
yaqqol namoyon bo'ladigan xususiyatdir. Agar o'qituvchi ma'naviy qashshoq 
bo'lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no'noq bo'ladi, didi past, o'z hissiyotlarini 
jilovlay olmaydigan qo'pol boisa, uning ta'lim-tarbiya berishi haqida gap bo'lishi 
mumkin emas. 
Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo'llari o'qituvchi rahbarligida olib 
boriladigan mashg'ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat jarayonida shakllanib 
boradi. Pedagogik texnikasirlarini mukammal egallashda va imitakomillashtirishda 
kasbiy jihatdan o'qituvchi o'z-o'zini doimiy shakllantirib borishi, ya'ni o'zoldiga 
qo'yiigan talablar nuqtai nazaridan mohir o'quvchi shaxsiy fazilatlari va kasbiy 
malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyati muhim rol o'ynaydi. 

Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin