III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga topishmoq orqali murojaat qilinadi.
Ikki yaproq bir tanda,
Kezar gulzor- chamanda. (kapalak)
Juda to`g`ri. Bugun biz sizlar bilan hasharotlar mavzusini o`rganar ekanmiz. Qani kim aytadi sizlar qanday hasharotlarning nomini bialsiz?
O`quvchilar hasharotlarni sanay boshlaydi.
Multimediya orqali foydali va zararli hasharotlar haqida ma`lumot beriladi. Kapalak tasviridagi ko`rgazma orqali hahsrotlarning foydali , zararli va umumiy tomonlar tanishtiriladi. Bu metod xuddi Ven diagrammaga o`xshaydi, faqat kapalak qanoti va tanasida ko`rsatiladi.
Hasharotlar dallarda, bog`larda uchraydi.
Asalari, chumoli, ipak qurti, xonqizi foydali hasharotlardir.Ularga ziyon yetkazmaslik kerak.
Mart qo`ng`izi, pashsha, chivin, chigirtka- zararli hasharotlardir.
Dam olish daqiqasida “Kapalak’ qo`shig`i kuylanadi va harakatli mashqlar bajariladi.
Hoy gul emgan kapalak, Uchrataman har kuni,
Qanotlaring ipakday. Seni go`zal bog`chamda.
Seni ko`rdim bog`chamda, So`rib gullar bargini,
Meni qilding jonsarak. O`tirasan olchamda.
Dostları ilə paylaş: |