1-dars Sana: Mavzu: Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi


‘qitish usullari va uslublari



Yüklə 81,42 Kb.
səhifə83/91
tarix02.01.2022
ölçüsü81,42 Kb.
#38415
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
1-dars Sana Mavzu Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi

0‘qitish usullari va uslublari

Savol-javob, «Aqliy hujum» metodi.

0‘qitishning didaktik material- lari va texnik vositalari

Darslik, globus, tabiat manzaralari, hayvonot va o'simliklar dunyosi tasvirlangan plakatlar, mavzuga oid slaydlar, kompyuter, proyektor.

Dars yakunida o‘quvchi biladi

Ona zaminimiz Yer, undagi tabiiy boyliklar, hayvonot va nabotot olami haqida bilib oladi. Yerdagi hayot ma’lurn tartib asosiga qurilgani, bu tartibning buzilishi tabiiy ofatlarga sabab bolishi haqida ma’lumotga ega bo'ladi, ularni asrab-avaylash va qadrlash zarurligini anglab yetadi.

Faoliyat tavsifi

I. Tashkiliy qism: Plakatlar o'quvchilar ko rishi uchun qulay joyga ilinadi Yangi mavzu xususida qisqacha ma’lumot beriladi.

II. O‘tilgan mavzuni so‘rash: O'tilgan mavzuni so'rash uchun o'quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat etish mumkin:


  1. bog`da qanday ndaraxtlar o`stiriladi?

  2. Sizning bog`ingiz bormi?

  3. Unda qanday mevali daraxtlarni parvarish qilasiz/

  4. Nima uchun mevali daraxtlar o`atriladi?

III. Yangi mavzuni yoritish: Yangi mavzuni yoritishdan av-val o'qituvchi darslikda tavsiya etilgan yoki o‘zi ma’qul deb topgan savollardan foydalanib, o'quvchilar faolligini oshiradi. Biz yashay-otgan olam, uning o'simliklar va hayvonot olami haqida ma’lumot beradi. O'qituvchi Yerdagi hayot qat’iy qonunlar asosiga qurilgani, uni buzish salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlashi lozim.Masa-lan, Amerika dehqonlari o'tgan asarning 70-yillarida ekinlarni asrash uchun mayda hasharotlarni qirib yuborishgan. Natijada ular bilan oziqlanuvchi kemiruvchilar, kemiruvchilar kushandasi tulkilar, tulkilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar va jonzotlarning qirilib ketishiga olib kelgan. Bu, o'z navbatida, tabiiy muvozanatning buzilishiga sa-bab bo'lganini aytib berish mumkin.

Qoida sifatida berilgan fikrni daftarga yozdirib, mazmuniga e’tibor qaratiladi.

“Tabiat manzarasi” haqida videolavha ko`rsatiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzu topishmoqlarning javobini topib, boshqotirma katakchalarini to'ldirish orqali mustahka-mlanadi. Buning uchun vatman qog'ozga boshqotirma katakchalari chizib tayyorlab qo'yiladi. Topishmoqlarning javobini to g ri topgan o'quvchi katakchalarni to'ldiradi. Boshqotirmaning javobi quyidagi-cha:

Bo'yiga: 1. Tuproq. 2.Yomg‘ir.

Eniga: 1. Tog'. 3. Suv. 4 Yer. 5. Chaqmoq. 6. Quyosh.

So`ng o`quvchilar bilan “Bo`lishi mumkin emas” mashqi o`tkaziladi.

V. Monitoring va baholash: Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadi va rag'batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish: Darslikda berilgan matnni o'zlashtirish. Har bir o'quvchiga olamni qanday tasavvur etishini o'zi chizgan rasm orqali ifodalash topshiriq sifatida beriladi.


Yüklə 81,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin