III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi topishmoqni aytib , o`quvchilarni javob berishga yo`naltiradi.
Yorug` kunni boshlaydi, undan borliq yashnaydi. (quyosh)
Topishmoqning javobini topadilar. Topishmoq javobi orqali yangi mavzu e`lon qilinadi va o`qituvchi tomonidan quyosh haqida ma`lumot beriladi.
Bolalar ertalab hammangiz quyosh nur sochib turganini ko`rasiz. Kechqurun esa uning botayotganini ko`rasiz. Yer chekkasiga g`oyib bo`lishiga ghuvoh bo`lasiz.. Xo`sh quiyosh erta tongdan qayerdan chiqib keladi? Kechqurun qayerga botadi?
Ayrim kunlari quyosh yuzini bulutlar to`sib qo`yadi. Bu ulkan Yer sayyorasining ayrim nuqtasida quyosh nur sochib turganida, boshqa tomonida shu paytda qorong`ulik bo`lishini bilasizmi?
O`qituvchi ko`rgazmalar orqali quyoshning nur sochishini ko`rsatib beradi. So`ng video lavha namoyish qilinadi.
Quyosh nuridan olam yashnashi, o`simlik, hayvon, odamlar bahra olishi , hayot uchun zarurligi ko`rsatiladi. Quyosh bizga issiqlik va yoruig`lik berishi, bundan faqat xursand bo`lishimiz kerakligi ta`kidlanadi. Quyoshsiz hayotni tasavvur etib bo`lmasligi o`quvchilarga uqtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |