Bir qatordan ikki qatorga saflanish. Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab chiqilgandan keyin, «Ikki qatorga saflan!» buyrug‗i beriladi, bu buyruqqa ko`ra ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qo`yadilar (hisob -
«bir), o`ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o`ngga qo`yadilar (hisob - «ikki») va birinchi turganning orqasiga o`tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob-
«uch»).
Bir qatordan uch qatorga saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan keyin quyidagi buymq beriladi: «Uch qatorga- saflan!». Bu buyraqqa ko`ra ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar birinchi raqamdagilar o`ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib bir qadamni yonga qo`yadilar va o`ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilami orqasiga o`tadilar. Uchinchi raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o`ng oyoqni juftlamasdan yonga qadamlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilaming oldiga o`tib turadilar. Avvalgidek saflanish uchun quyidagi buyraq beriladi: «Bir qatorga saflan!». Qayta saflanish saflanishga teskari tartibda bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |