22.11.2023
Laborotoriya ish N:10
Mavzu: Dasturlash tilida chiziqli, tarmoqlangan va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini ishlab chiqish
Ishdan maqsad: Dasturlash tillari, ularning vazifalari, algoritmlarning tasvirlanishlari, o’zgaruvchilarni ifodalanishi haqida tushunchalarga ega bo’lish.
Topshiriqlar: 1. Dasturlash turlari va ularning vazifalari
2. Algoritm turlari va ularning ifodalanishi
3. C++ dasturlash tilida o’zgaruvchilarni elon qilish
Ishni bajarish:
1. Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va qatʼiy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi.
Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.
1)KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha oʻqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yigʻadi.
2)INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda koʻl boʻlib, ularning har biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan tanishamiz.
C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun moʻljallangan til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun moʻljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.IDE (Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot yaratish uchun dasturiy vositalar majmuasi.
2. ALGORITMNING ASOSIY TURLARI
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishga, ya’ni bajarilish tartibiga
qarab uch asosiy turga bo`linadi: chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va
takrorlanuvchi. Chiziqli algoritmlar. Barcha ko`rsatmalari ketma-ket joylashish
tartibida bajarib boriladigan algoritmlar chiziqli algoritmlar deyiladi.
«Choy damlash», doira yuzini hisoblash algoritmlari chiziqli algoritmlarga
misol bo`ladi. Lekin hayotimizdagi juda ko`p jarayonlar shartlar asosida
boshqariladi.Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shartga muvofiq bajariladigan
ko`rsatmalar ishtirok etgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb
ataladi. Algoritmlarning bu turi hayotimizda har kuni va har qadamda uchraydi.
Eshikdan chiqishimiz eshik ochiq yoki yopiqligiga, ovqatlanishimiz qornimiz och yoki to`qligiga yoki taomning turiga, ko`chaga kiyinib chiqishimiz ob-havoga, biror joyga boorish uchun transport vositasini tanlashimiz to`lash imkonimiz bo`lgan pulga bog`liqdir. Demak,
tarmoqlanuvchi algoritmlar chiziqli algoritmlardan tanlanish imkoniyati
bilan farqlanar ekan. Avvalgi darslardagi kvadrat tenglamani yechish, ikki
sonning EKUBini topish algoritmlari tarmoqlanuvchi algoritmlarga misol
bo`ladi.
BOSHLAMOQ
A, B, C
X1,2
Tamom
Yechimga ega emas
X1,2=
D≥0
D= b2-4ac
3. C++ dasturlash tilida o‘zgaruvchi va o‘zgarmas tipli kattaliklar O‘zgaruvchilar. Har qanday dasturda, muammoni hal qilish uchun ma’lumotlar qayta ishlanadi, ular kompyuter xotirasida saqlanadi. Ushbu ma’lumotlar turlicha bo‘lishi mumkin: butun va haqiqiy sonlar; belgilar; satrlar; massivlar. Ma’lumot turlari kompyuter xotirasida raqamlar yoki belgilar uchun joy ajratadi. Ular u yoki bu qiymat yoziladigan katakchaning o‘lchamini belgilaydi va shu bilan uning maksimal qiymatini yoki sonning aniqligini anglatadi. Muayyan turdagi qiymatni saqlaydigan xotira qismi o‘zgaruvchi deb ataladi. O‘zgaruvchining nomi (identifikatori) va qiymati mavjud. Uning nomi qiymat saqlanadigan xotira maydoniga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Bunda dastur ishlayotganda o‘zgaruvchining qiymati o‘zgarishi ham mumkin. Ulardan foydalanish uchun dastlab e’lon qilish talab etiladi. Uni e’lon qilish quyidagicha yoziladi: turi o‘zgaruvchi_nomi; yoki tip o‘zgaruvchilar_ro‘yxati; Identifikatorlar. Identifikatorlar va xizmatchi so‘zlar C++ dasturlash tili alifbosidagi belgilaridan foydalanib yoziladi. Identifikator – bu harflar, raqamlar va pastki chiziq belgisidan iborat dasturiy obyektning nomidir. Identifikatorning birinchi belgisi harf yoki pastki chiziq bo‘lishi zarur, ammo raqam bo‘lishi mumkin emas. Identifikatorni yozishda bo‘sh joy (probel)dan foydalanilmaydi. Identifikatordagi katta va kichik harflar har xil belgilashlarni anglatadi. Masalan, ABC, abc, Abc belgilashlar uch xil nom hisoblanad. Har bir ism (identifikator) funksiya ichida yozilishi va hech qanday xizmatchi so‘zlarga mos kelmasligi kerak.