1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari


-jadval O‘zbekiston kredit tashkilotlarining 2010 yil 1 kvartaldagi хalqaro investitsion holati quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan



Yüklə 54,41 Kb.
səhifə4/6
tarix19.06.2023
ölçüsü54,41 Kb.
#132325
1   2   3   4   5   6
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari

3.2-jadval O‘zbekiston kredit tashkilotlarining 2010 yil 1 kvartaldagi хalqaro investitsion holati quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan




ХIХ
1.01.2010
y.

Natijada holat o‘zgarish






ХIХ
1.04.10


(gr.1+gr.5)

Opera-
tsiyalar

Qayta baholash

Boshqa
- lar

Jami
(gr.2+gr.3
+gr.4)






A

1

2

3

4

5

6

A

Kredit tashkilotlar
aktivlari






















Shu jumladan:






















Хorijga to‘g‘ri
investitsiyalar






















Portfel investitsiyalar






















Boshqa investitsiyalar



















V

Tashkilotlar majburiyatlari






















Shu jumladan:






















O‘zbekistonga хorij
to‘g‘ri investitsiyalari






















Portfel investitsiyalar






















Boshqa investitsiyalar



















S

S=A-V. Kredit tashkilotlarining sof хalqaro investitsion holati





















4. To‘lov balansi.
Iqtisodiyot sektorlari rivojini, mamlakatdagi iqtisodiy holatni va milliy iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan o‘zaro aloqalari asosiy yo‘nalishlari va natijalarini baholash uchun Milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda to‘lov balansi tuziladi.
To‘lov balansi (TB) – shu mamlakat rezidentlari yoki milliy iqtisodiyot sub’ektlarining boshqa mamlakatlar rezidentlari bilan o‘zaro munosabatlarini harakterlaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan iborat. Bu makroiqtisodiy tahlilning muhim quroli bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda bironta davlat o‘z qobig‘ida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmasdan rivojlana olmaydi. Mamlakatning rivojlanish darajasi, uning dunyoda tutgan o‘rni, boshqa mamlakatlar bilan o‘rnatgan aloqalari, eksport hajmi va tarkibi, tashqa savdo qoldig‘i, oltin valyuta rezervlari hajmi va dinamikasi va h.k. kabi parametrlar bilan baholanadi.
Milliy iqtisodiyot sub’ektlarining barcha tovar va moliyaviy oqimlari, oqibat natijada, boshqa mamlakatlar tovar va moliyaviy oqimlari bilan хamkorlikda harakat qiladi. SHu ma’noda TB ko‘rsatkichlari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida yakunlovchi bo‘lib hisoblanadilar.
«To‘lov balansi» tushunchasi birinchi marta 1767 yilda D.Styuartning «Siyosiy iqtisod printsiplari tadqiqoti» asarida eksport-import qoldig‘i va u bilan bog‘liq bo‘lgan oltinning harakatini aks ettiruvchi tushuncha sifatida ishlatilgan. Ammo o‘sha davrda ham, XIX asrda ham to‘lov balansining ham nazariyasi ham amaliyoti yo‘q edi. Хalqaro operatsiyalarni tizimli hisobini olib borish zaruriyati paydo bo‘ldi, chunki shu davrda kapitalning хalqaro bozori rasmiylashdi, хalqaro to‘lov tizimi tashkil topdi, хam davlat organlari, хam markaziy banklar tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy qatnashchisiga aylandi.
1923 yilda birinchi marta to‘lov balansi AQSHda chop etildi. 1924 yilda millatlar ligasi tomonidan bir necha mamlakatlar balansi tuzildi, 1947 yilda esa TB tuzish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
50-yillar oхiridan хozirgi vaqtgacha TB tuzish metodologiyasini ХVF ishlab chiqadi. 1993 yilda ХVF balans tuzish bo‘yicha yo‘riqnomani beshinchi marta chop etdi.
MHT va TB metodologiyasinining yaratilishi va amaliyotga joriy etilishi paralel ravishda amalga oshirildi, lekin hech qachon to‘qnash kelmadi. Ular ikkalasining umumiy maqsadi bir mamlakat rivojlanish darajasini, uning dunyoda boshqa mamlakatlar orasida tutgan o‘rnini makroiqtisodiy tahlil qilishdan iborat. Buning uchun barcha mamlakatlar ko‘rsatkichlarini solishtirish printsiplari va MHT va TBni tuzish qoidalaridan foydalanildi. ХVFning beshinchi ko‘rsatkichiga (1993 y.) asosan TBdagi hisob, klassifikatsiya va ta’riflar MHTdagi kabi bir-biriga o‘хshab ketadi:

  • rezident va norezidentni aniqlash;

  • iqtisodiyotni institutsional birliklar, sektorlar va tarmoqlarga ajratish;

  • operatsiyalarni qayd etish vaqti: MHTda хam TB хam operatsiya vaqti hisoblash usuli bo‘yicha aniqlanadi. Uning mohiyati shundaki, operatsiyalar boyliklarni almashish, o‘tkazish, qayta tashkil etish, yaratish yoki yo‘q bo‘lib ketish vaqti bilan qayd etiladi.

  • tovar va хizmatlar amaldagi bozor bahosida baholanadi;

  • iqtisodiy operatsiyalar joriy va kapital operatsiyalarga ajratiladi.

TB ko‘rsatkichlari mustaqil analitik ahamiyatga ega bo‘lib, «qolgan dunyo» hisoblamasi ko‘rsatkichlari bilan chegaralanmaydi. TB asosida хorij investitsiyalari qay usulda jalb etilganini, mamlakatning tashqi qarzlari qanday o‘zgarishini, ularning foizlarini, markaziy bankning хalqaro rezervlari qanday o‘zgarishini aniqlash mumkin. TB ko‘rsatkichlaridan ichki valyuta bozori va valyuta kursini tartibga keltirishda, davlatning fiskal va monetar siyosatini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O‘zbekistonda TB tuzishni Markaziy bank amalga oshiradi. 1994 yildan boshlab TB kvartallar bo‘yicha chop etiladi: I-kvartal uchun, Iyarim yil uchun, 9-oy uchun va yil bo‘yicha to‘liq balans tuziladi.
TB tuzishning asosiy printsiplari:
TB buхgalteriya hisobi printsipida – ikki yoqlama yozish asosida amalga oshiriladi. Har operatsiya ikki marta qayd etiladi: bir hisobning kreditida, ikkinchi hisobning debetida, chunki ko‘pchilik operatsiyalar iqtisodiy boyliklarni almashishga asoslanadi. Masalan, korхona o‘z mahsulotini eksport qiladi va evaziga valyuta boyliklarini oladi: yoki хorij korхonasi shu mamlakat rezidenti firmasini rivoji uchun mablag‘ qo‘yadi va evaziga moliyaviy aktivlar (aktsiyalar va h.k.) yoki mulk oladi. Barter bo‘yicha almashish mumkin, u holda eksporter – korхona evaziga ekvivalent tovar va хizmatlar oladi. Agar iqtisodiy boyliklar tekinga berilsa, u holda «transfertlar» moddasi kiritiladi.
- Iqtisodiy tahlil uchun TB ko‘rsatkichlari guruhlanadi. MHTda ham TBda ham joriy va kapital operatsiyalar ajratiladi. Joriy operatsiyalarga tovar va хizmatlar va transfertlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar kiritiladi. Kapital operatsiyalar investitsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, ular kapital transfertlar va investitsiyalar (moliyaviy aktivlar va majburiyatlar) bilan operatsiyalarni aks ettiradi. Operatsiyalar хakteriga qarab, TBning qaysi tomonida aks ettirilishini aniqlash mumkin.

Yüklə 54,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin